Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘mir konidan 600 kilogramm ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar ushlandi - IIV
2019 yilning 2 fevral kuni taxminan 21:00larda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi “Angren” va “Apartak” ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga xabarlar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, shu kuni 18:00larda Angren shahar Beruniy mahallasida yashovchi H.O., D.M. va A.K. o‘zaro til biriktirib, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Apartak” ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
O‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda kondan ko‘mir tashishga harakat qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
08:31 / 30.03.2026