10:52 / 05.02.2019
6514

Marek Hamshik Xitoyning ikkinchi divizion klubiga o‘tdi

Foto: Getty Images

«Napoli» sardori Marek Hamshik faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Slovakiyalik yarimhimoyachi «Dalyan Ifan» klubi bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi. Transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 15 mln yevroni tashkil etgan.

31 yoshli hujumchi yangi jamoasida yiliga 9 mln yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, Hamshik 2007 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib keladi. U o‘yinlar va gollar soni bo‘yicha klub rekordchisiga aylangan.

«Dalyan Ifan» Xitoy ikkinchi divizionida Lyaonin provinsiyasining Dalyan shahri sharafini himoya qiladi. Klubga 2009 yilda asos solingan. Jamoani ayni paytda «Barselona» va «Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Bernd Shuster bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda.

Mavzuga oid
Top