Uzoq vaqt «Napoli»da töp tepib kelgan yarimhimoyaçi Marek Hamşik rasman Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi a'zosiga aylandi.

Avvalroq «Dalyan Ifan» 31 yoşli slovakiyalik futbolçi uçun 18 mln yevro tölaşi aytilgan, yana 2 mln bonuslar sifatida berilişi mumkinligi xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, Hamşik 2007 yildan buyon «Napoli» şarafini himoya qilib keladi. U italyan klubi safida jami 520ta öyinda maydonga tuşib, 120ta gol urgan va 111ta golli uzatma muallifi bölgan. 2013 yildan buyon jamoa sardori bölib kelgan xavbek neapolliklar klubi tarkibida ikki marotaba Italiya kubogini qölga kiritgan.

Hamşik bu mavsum A Seriyaning 19 öyinida maydonga tuşib, bittadan gol va samarali pasga mualliflik qildi.

Ma'lumot uçun, Dalyan şahri klubi 2009 yilda taşkil topgan. Klub ötgan mavsum Superligada 16 jamoa orasidan 11-örinni egallagandi.