20:10 / 14.02.2019
3820

Hamshik «Napoli»ni tark etdi

«Napoli» yarimhimoyachisi Marek Hamshik Xitoyning «Dalyan Ifan» klubiga o‘tdi.

Bu haqda neapolliklar xo‘jayini Aurelio De Laurentis xabar berdi.

«Hamshik ketmoqda. Biz xitoyliklar bilan kelishib oldik. Marekka Xitoyda muvaffaqiyat tilayman. «Napoli»ning eshiklari uning uchun har doim ochiqdir», - dedi mulozim.

31 yoshli Hamshik 2009 yildan beri «Napoli» tarkibida o‘ynab kelayotgandi. U jami 408ta o‘yinda maydonga tushib, 100ta gol urgan.

Slovakiya terma jamoasi safida 108ta o‘yinda maydonga tushib, 22 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Mavzuga oid
Top