Samarqand shahrida o‘z ota-onasini urgan o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi
Samarqand shahridagi mahallalardan birida istiqomat qilib kelayotgan sudlanuvchi Qosim To‘xtayev (ismlar o‘zgartirilgan) 2016 yili ham JKning 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan sudlangan, JKning 71-moddasiga asosan, o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod etilgan edi. Lekin baribir «o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas», deganlaridek yana o‘z yaqiniga qo‘l ko‘tarib, tan jarohati yetkazishdek qabih ishga qo‘l urdi.
Yana kimga deng — tarbiyalab voyaga yetkazgan o‘z ota-onasiga!
Ota-onasi mehribonlik uyidan asrab olib, tarbiyalab voyaga yetkazgan Qosim To‘xtayev 2015 yildan buyon tutingan ota-onasi bilan kelishmaydi. O‘sha kuni uyidan ko‘chaga chiqib ketayotganida onasi Mahliyo To‘xtayeva (ism-familiya o‘zgartirilgan) uning o‘g‘ilchasini kiyintirayotgan edi. Shunda u qizalog‘iga qarata: «haromilarga ayt, ukangga tegishmasin», deydi. Bu haqorat ota-onasiga qaratilgan edi!
Ne-ne umidda katta qilgan farzandidan bu qadar og‘ir so‘z eshitganiga chiday olmagan otasi Muxtor To‘xtayev (ism-familiya o‘zgartirilgan) o‘g‘liga yuzlanib, «Og‘zingga qarab gapir! Axir biz sening ota-onangmiz! Sendan nima muttahamlik joyimiz bor?» — deydi.
Bu gapdan so‘ng nobakor o‘g‘il otani har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, uni oldiga yaqinlasha boshlaydi. Ota o‘g‘liga «hozir IIBga xabar beraman», deb ogohlantiradi, o‘g‘il esa IIB xodimlarini ham haqorat qila boshlaydi. Katta nabirasi kelib otasiga qarab «bobomni haqorat qilmang», deb, unga yaqinlashmasligini aytib ularni ajratmoqchi bo‘lganida, o‘g‘li to‘satdan boshi bilan uning burniga zarba berib, chap qo‘lini qayiradi va ota yerga bukchaygancha o‘tirib qoladi. Onasi Mahliyo opa erining burnini qonaganini ko‘rib, o‘g‘ilga tanbeh bera boshlaganida u onasiga ham qo‘l ko‘tarib, uning chap ko‘ziga uradi. Shundan so‘ng mazlum ota-ona IIB xodimlariga xabar berishga majbur bo‘lishadi.
Sudya A.Oltiboyevning raisligida o‘tgan Samarqand shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida aybdor, jabrlanuvchi va guvohlarlarning ko‘rsatmasi tinglanib, hukm e'lon qilindi.
Garchi sudlanuvchi o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi yengillashtiruvchi holat, deb topilgan esa-da, ushbu jinoyatni qasddan sodir etgani og‘irlashtiruvchi holat o‘laroq baholandi hamda Qosim To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi va unga 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
-
Tramp yana Saudiyada. U Netanyahudan yuz o‘girdimi?
Jahon | 17:52
-
Yamal Messining yoshligidan kuchliroqmi?
Sport | 17:44
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

17:15 / 08.05.2025
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi

11:48 / 08.05.2025