Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Gruziyani alyansga qabul qilishga tayyorligini aytdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning eshiklari Gruziya va boshqa nomzodlarga ochiq ekanligini aytdi.
Stoltenberg bu haqida Makedoniyaning alyansga kirishi haqidagi bayonnomaning ratifikatsiyasidan keyin aytgan. Makedoniya NATOga kirish uchun nomini “Shimoliy Makedoniya”ga o‘zgartirishgacha bordi.
Stoltenberg Gruziyaga barcha mezonlarni bajarishi, islohotlarni amalga oshirishi va Abxaziya hamda Janubiy Osetiya masalasini hal qilishi lozimligini eslatib o‘tgan.
“NATO eshiklari Gruziya kirishi uchun barcha mezonlarni bajarganda ochiq qoladi. Bugungi voqea Gruziya uchun kuchli signal bo‘lishi lozim”, deb aytgan bosh kotib.
Shimoliy Makedoniyaning NATOga kirishi bayonnomasi alyansning barcha davlatlari tomonidan Bryusseldagi uchrashuvda ratifikatsiya qilindi. Ushbu davlat byurokratik jarayonlar davom etguncha yig‘ilishlarda taklif qilingan davlat kabi ishtirok etib turadi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026