Jamiyat | 09:41 / 06.02.2019
14711
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 2 fevral kuni soat 20:30larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida yashovchi Sh.K., Sh.R., Sh.X., Sh.Ch. va J.K. shu qishloq hududida joylashgan elektr stansiyasi oldida, Chiroqchi tumanida yashovchi X.S. va uning pochchasi Q.X.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular Q.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli  avtomashina salonidan 1 700 000 so‘m pulini hamda ular yonida bo‘lgan qo‘shimcha pul va mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan qochib ketganlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan 4 fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid