Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda katta miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qonunbuzarlar tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, bojxonachilar tomonidan Xitoydan kelgan va shahardagi omborlardan birida saqlanayotgan oyoq kiyim tagliklari nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan ortiqcha bo‘lgan va yashirin tarzda saqlanayotgan 2400 juft bolalar oyoq kiyimi, 57 525 juft ayollar shippagining tag qismi va 72 348 juft ayollar shippagining ustki qismi borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy saqlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 2 milliard 647 millionni tashkil qildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
16:28 / 13.06.2026