Fan-texnika | 19:51 / 07.02.2019
36830
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Imkoniyatni boy bermang! O‘zbekistonda «TOMChI» tanlovi-2 ga start berildi

«TOMChI» - bu suv tejashga yordamchi mobil ilova bo‘lib, keng jamoatchilik  e'tiborini suv tejamkorligi masalalariga jalb qilish maqsadida  yaratilgan. Mazkur ilovaning taqdimoti o‘tgan yil noyabr oyining oxirida bo‘lib o‘tgan edi. U  Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan  O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Kun. uz ilova taqdimotini va tanlov o‘tkazish haqidagi e'lonlarni, uning shartlariga muvofiq “TOMChI” mobil ilovasini yuklab olish mumkinligini keng yoritdi.

Ilova rasman ishga tushirilgandan keyin aholining, ayniqsa, suv xo‘jaligi vakillari, fermer va dehqonlarning unga bo‘lgan qiziqishi ortib ketdi. Qisqa vaqt davomida ikki mingdan ortiq foydalanuvchilar uni o‘z smartfonlariga yuklab oldilar. Hozirda dastur foydalanuvchilari faol tarzda ilovadan foydalanishmoqda. Buni a'zolardan kelib tushayotgan taklif va savollar, shuningdek, yangi foydalanuvchilar sonining kun sayin ortib borayotganidan bilish mumkin.

Ilovaga bo‘lgan qiziqishning ortib borishiga asosiy sabab o‘tgan yilning noyabr oyida e'lon qilingan tanlov ham muhim rol o‘ynadi. 7 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida mazkur tanlovning 26 nafar sovrindorlarini, shuningdek, ikki nafar baxtli super mukofot egalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:

  • 13 nafar fermer, dexqon va tomorqa yer egalari;
  • 13 nafar suv xo‘jaligi xodimlari.

Barcha g‘oliblar sovrin sifatida «TOMChI» mobil ilovasi yuklangan smartfon olishdi.

Bularga qo‘shimcha tariqasida «TOMChI» mobil ilovasi foydalanuvchilariga super mukofotni yutib olish uchun ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Natijada ikki nafar ishtirokchi Chexiya Respublikasiga yo‘llanma bilan taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari barcha ro‘yxatga olingan ishtirokchilarning nomi yuklangan  tasodif  raqamlar generatori - kompyuter dasturi yordamida aniqlandi.

-“TOMChI” tanlovida ishtirok etish menga ikki karra foyda keltirdi,- deydi sovrindorlardan biri,   Namangan viloyati  Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Shodiyabonu Abdulfayz” fermer xo‘jaligi  rahbari. – Birinchidan ilovani yuklab olish bilan fermer sifatida o‘zimga juda ko‘p foydali ma'lumotlarni oldim.  Ilovadagi  suvni tejash texnologiyalari aynan men rahbarlik qilayotgan xo‘jalikda qanday usullardan foydalanish lozimligi haqida o‘ylashga  majbur qildi va biz aniq  xulosaga keldik. Ikkinchidan, juda quvonchli va maroqli xushxabar: yangi smartfonga ega bo‘ldim. Ilova uchun ham, sovg‘a uchun ham tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman”.

Joriy yilning boshida ham loyiha foydalanuvchilariga ajoyib syurprizlarini hozirladi. Tashkilotchilar “TOMChI” tanlovining ikkinchi bosqichini e'lon qilishdi.Mazkur tanlovda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Agrar universiteti, ularning viloyatlardagi filiallari talabalari, magistrantlari, aspirantlari va o‘qituvchilari, sohadagi ilmiy tadqiqot institutlari  xodimlari, mamlakatning barcha suv xo‘jaligi va agrar yo‘nalishdagi kollejlari talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning bu bosqichida uch guruh g‘oliblar aniqlanadi:

  1. Kollej o‘quvchilari orasidan tanlangan 13 nafar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan bir nafardan) g‘olib  smartfon sohibiga aylanadi;
  2. Oliy o‘quv yurtlari talabalari 20ta smartfon va 1 ta noutbuk  uchun bellashadilar;
  3. Professor-o‘qituvchi va ilmiy tadqiqot muassasalarining bir nafar vakiliga Praga shahriga - Chexiya Respublikasidagi universitetlardan birida hamkasblari bilan tanishish uchun yo‘llanma beriladi.

Sovrin olish uchun nima qilish lozim?

1. Mobil ilovani  Google Playva App Store dan bevosita yoki QR  kodidan foydalanib yuklab olish;

          

2. Ilovani yuklab olish jarayonida beriladigan so‘rovnomani to‘ldirish:

  • shaxsiy ma'lumotlar (ismi sharifi va telefon raqami);
  • ishtirokchilarning muayyan guruhiga tegishliligi (kollej o‘quvchisi, oliy o‘quv yurti talabasi, o‘qituvchi yoki tadqiqotchi);

3. O‘quv yurtini tanlash;

4. Test savollarini yechishga o‘tish – 5 ta savolning har biriga  tavsiya etilgan 4 ta javobning birini tanlab  to‘g‘ri javob berish;

5. “TOMChI” ilovasiga kirib, u yerdan to‘g‘ri javobni topishga ruxsat beriladi;

6. Ishtirokchi o‘z javoblaridan qoniqish yoki ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilmagan taqdirda, testdan yana yangidan, chegaralanmagan miqdorda  o‘tishi mumkin.

Talabalarni ogohlantirib qo‘yishni istar edik: g‘irromga aldanib qolmang. Kompyuter har safar sizga yangi va boshqa savollarni tavsiya etadi. Shu bois mehnat qilishga, “TOMChI” mobil ilovasining xazinasidan bilim izlashga to‘g‘ri keladi. Albatta, sovrinlar ham shunga munosib.

 Barchaga omad yor bo‘lsin.

Tanlov haqida to‘liq ma'lumotni iarc.uz telegram kanali  orqali kuzatishingiz mumkin.

«TOMChI – suv tejashga  yordamchi!»

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid