
Bugun, 4 iyul kuni birinçi marta «Toşkent–Issiqköl–Toşkent» reysi amalga oşirildi. Qirğizistonning Issiqköl viloyatidagi Tomçi aeroportiga Özbekistondan birinçi reys amalga oşirildi. Bu haqda «Özbekiston havo yöllari» MAK matbuot xizmati ma'lumot bergan.
Qayd etilişiça, bu 10 yil içida birinçi marta özbekistonliklar Issiqkölga uçib borişi böldi.
«Bugun Issiqkölga Toşkentdan amalga oşirilgan reys orqali 200 nafar sayyoh keldi» , — deyilgan K-News xabarida.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmati bergan xabarga köra, uşbu marşrut böylab charter parvozlar şu yilning 29 avgustigaça Boeing 757 avialaynerlarida haftada bir marta — seşanba kunlari amalga oşiriladi.
Seşanba kuni Toşkentdan samolyot soat 8:10 da Issiqkölga yetib boradi, Toşkentga esa soat 12:40da uçib ketadi.
«Toşkent–Issiqköl–Toşkent» yönalişini yölga qöyiş böyiça kelişuvga şu yilning aprelida milliy aviakompaniya rahbariyati hamda Qirğiziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi vakillari örtasidagi uçraşuvda erişilgandi.
















