Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3.2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, qaror O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va 2019 yil 15 yanvardagi O‘RQ–516-son “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 noyabrda 240-son bilan tasdiqlangan Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3.2-bandi “i” kichik bandidagi “va terrorizmni” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni” degan so‘zlar bilan almashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026