O‘zbekiston | 17:55 / 08.02.2019
5217
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda intellektual mulk obektlarining yagona ma'lumotlar bazasi joriy etiladi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Qayd etilishicha, Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar quyidagilarni ta'minlovchi intellektual mulk obektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma'lumotlar bazasini ishlab chiqadi va joriy etadi:

huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lgan intellektual mulk obektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;

intellektual mulk obektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;

intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid