Jamiyat | 13:04 / 08.02.2019
9336
4 daqiqa o‘qiladi

Ular umid bilan yashashmoqda. Ko‘makka muhtoj bolajonlarga yordam qo‘lini cho‘zaylik!

Xabarangiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Oqqon bilan og‘rigan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ular bilan birma-bir ko‘rishdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemor jajjigina qizaloq Nilufar Sharipova. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Yuksalish mahallasida yashaydi. Onasi Nodira Abduqodirova bu haqda shunday deydi: 

– Qizim 2009 yilda tug‘ilgan. Sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagandan keyin tekshirtirdik. Shifokorlar oqqon tashxisini qo‘yishdi. Shundan so‘ng hozirga qadar bor kuchimiz bilan davolatyapmiz. Hozirda dorilarga pul yetkaza olmayapmiz. Yaxshi insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Ularni bir umr duo qilaman.

1) Nilufar Sharipova (bemor)

Nodira Abduqodirova (onasi)

Telefon: +99890 326-07-18

Click/PayMe: 8600 0424 8218 8520 (Agrobank)

MFO: 00251

INN: 200119858

Naqd pul topshirganda: 23116000900000251001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000700000251001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000300000251001

 

Keyingi bemor Qoraqalpog‘istondan kelgan Bexruz Otaberganov. Bexruzga 2018 yil mart oyida oqqon tashxisi qo‘yilgan. Onasi Zumrad Sultonova bilan suhbatlashdik. Hozirda juda qiynalib qolganligini, hatto farzandlariga maktab formasi olib berolmay, bor topganini o‘g‘lining dori-darmonlariga sarflayotganini aytdi. Turmush o‘rtog‘i ham ishsiz. Bexruzbek yaxshilarning ko‘magiga muhtoj.

2) Bexruz Otaberganov (bemor)

Zumrad Sultonova (onasi)

Telefon: +99897 353-86-65

Click/PayMe: 8600 0417 2826 1141 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Aziz yurtdoshlar, bemorlarimizdan qo‘limizdan kelgan yordamimizni ayamaylik. Ularning hayotdan umidlari ko‘p, qalblari yaxshilikka limmo-lim. Hozirda ular saxovatli insonlar yordamiga muhtoj. Ularga moddiy va ma'naviy yordam berib, Qo‘limizdan kelguncha ehson qilaylik, duo qilib, ularning umri uzoq bo‘lishini so‘raylik.

Alloh qilgan yaxshiliklarimizga ajr-savoblarni ko‘paytirib bersin!

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid