O‘zbekiston | 20:32 / 12.02.2019
4597
2 daqiqa o‘qiladi

Aprel oyida O‘zbekiston-Isroil agroforumi o‘tkaziladi

Foto: Qishloq xo‘jalik vazirligi

12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Isroil davlati elchisi va «Gadot Agro» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazirlik matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Uchrashuv davomida Isroil elchisi Eduard Shapira va vazir Jamshid Xodjayev qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlik rivoji istiqbollarini muhokama qilishdi. Xususan, 2019 yilning aprelida O‘zbekiston-Isroil agroforumini o‘tkazish taklif etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Isroilning yetakchi kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtiriladi, ular mamlakatning qishloq xo‘jalik bozori bilan tanishish va ikki davlat agrariyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni rejalashtirishmoqda. 

 «Isroil murakkab iqlim va ekologik sharoitlarda samarali qishloq xo‘jalik tizimini yaratishda uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Biz hosildorlik va sifatni oshirish hamda qishloq xo‘jaligida tuzilmaviy islohotlarni o‘tkazishda isroillik hamkasblarimizning yetakchi texnologiyalari va tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz», - deydi Jamshid Xodjayev.

Isroil diplomatik vakolatxonasi rahbari Qishloq xo‘jalik vazirligi hamda Isroil elchixonasi o‘rtasida Actionplan’ga tayyorgarlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. 

«Gadot Agro» kompaniyasi vakillari tomonidan tomchilab sug‘orish texnologiyalariga doir qarorlar taqdim etildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid