Jurnalist Şokir Şaripov Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov bilan suhbatda öşa eski savolni yana örtaga taşladi: biz qaçon sohani tuzuk holga keltiramiz? Fermerga nisbatan bunday munosabat qaçongaça davom etadi?

“Fermerni brigadir deb bilişadi”

Özbekiston qişloq xöjaligida fermer huquqlari, hosil rejalari va hisobot bosimi atrofidagi bahslar yanada dolzarblaşmoqda. Kun.uz sohani yaxşi biladigan mutaxassis Kamoliddin Ikromov bilan fermerlarning nega hali ham tölaqonli tadbirkor sifatida körilmayotgani, bu munosabat qanday mexanizmlar orqali saqlanib qolayotgani va uning yer, bozor hamda kelajak avlodlar uçun oqibatlari haqida suhbatlaşdi.

- Şokir Şaripov, jurnalist: Siz sohani içidan bilasiz. Nega fermerlarning huquqlari bilan boğliq vaziyat yillar davomida özgarmayapti? Bunday munosabatning mexanizmi nimada?

- Kamoliddin Ikromov, Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari: Men bu haqda köp öylayman. Şaxsiy fikrim şuki, fermerlarimizga nisbatan jamiyat tomonidan ham, boşqaruv tizimi tomonidan ham yetarliça kuçli qöllab-quvvatlaş şakllanmagan. Masalan, boşqa sohalardagi muammolar jamoatçilikda tezroq aks-sado beradi. Fermerlar masalasida esa qamrov ham, himoya ham kam böladi.

Buning bir sababi yer munosabatlariga borib taqaladi. Aholi fermerni “yerni öziga olib qöygan” odam sifatida köradi. Ikkinçi tomondan, ayrim rahbarlar fermerni mustaqil tadbirkor emas, yuqoridan berilgan vazifani bajarişi kerak bölgan brigadir sifatida qabul qiladi. Unga kredit beriladi, u kreditni işlatib, hosilni yetiştirib berişi kerak, degan qaraş bor. Aslida fermer tadbirkorlik sub’yekti. U tavakkal qiladi, xarajat qiladi, işçi yollaydi, yerga işlov beradi, bozor va ob-havo xavfini kötaradi. Uni faqat reja bajaruvçi zveno sifatida köriş qişloq xöjaligining rivojlanişiga tösqinlik qiladi.

- Ş.Şaripov: Fermerni brigadir örnida köriş... Yetarli emasmi, 21-asrda yaşayapmiz... Dehqon erkin bölsa, yer bilan inson örtasida boşqaça munosabat şakllanadi. Yerning haqiqiy ğamxöri paydo böladi. Tuproqqa nisbatan mas’uliyat kuçayadi. Kelajakka ham boşqaça qaray boşlaydi.