O‘zbekiston | 16:06 / 12.02.2019
7087
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jazoni ijro etish koloniyalariga qo‘shimcha 500 ga yaqin video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Foto: iStock

Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tizimidagi bino va inshootlarni ta'mirlash uchun 2018 yilda 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Barcha jazoni ijro etish koloniyalari video kuzatuv vositalari bilan ta'minlangan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Ichki ishlar vazirligidan ma'lum qilishlaricha, tergov hibsxonalarida tergovchilar xonalariga 123 dona zamonaviy ovoz yozishga mo‘ljallangan video kuzatuv vositalari o‘rnatilib, ishga tushirilgan. Tarbiya va jazoni ijro etish koloniyalari tarkibidagi turkumlarga 289 dona zamonaviy video kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. 

Amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirgan holda, 2019 yilda jazoni ijro etish koloniyalariga qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin zamonaviy video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid