Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji ta'mirdan chiqarildi
Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, 2004 yilda foydalanishga topshirilgan.
Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur majmua 2018 yilda 9,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib kapital ta'mirlandi. Unga 32 turdagi 250 mln so‘mlik yangi sport inventarlari ajratildi.


Majmuaga 600 nafar mahoratli sportchi yoshlar sportning 14 turi (futbol, gandbol, chim ustida xokkey, dzyudo, erkin kurash, yunon rum kurashi, boks, gimnastika, yengil atletika, og‘ir atletika, taekvando, sambo va milliy kurash) bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda.


Birgina o‘tgan 2018 yili olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari respublika va xalqaro musobaqalarida 95 ta oltin, 53 ta kumush va 77 ta bronza, jami 225 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.
Manejda shug‘ullanuvchi sportchilarning 54 nafari O‘zbekiston terma jamoasining a'zolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:30 / 14.02.2026
Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi
20:33 / 12.02.2026
Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
11:40 / 11.02.2026