Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Seuldan uzr so‘rashni talab qildi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Tokio Seulga Ikkinchi jahon urushi vaqtida koreyalik ayollar Yaponiya harbiylari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlangani haqidagi «noo‘rin» bayonotlardan so‘ng protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya milliy majlisi rahbari Mun Xi San yapon imperatori Akixitoni ko‘rsatilgan davr mobaynida koreyalik xotin-qizlardan go‘yoki «ko‘ngilxushlik uchun ayollar» sifatida foydalanilgani sababli uzr so‘rashga chaqirgan.
Abening so‘zlariga ko‘ra, u bunday talabdan hayron qolgan. Aniqlik kiritilishicha, yapon tomoni bu ishda zo‘ravonlik xususiyatiga oid dalil yo‘qligi haqida bildirib keladi.
«Biz qat'iy protest bilan bir qatorda, bunday bayonot uchun uzr so‘ralishini talab qilamiz», - dedi Abe.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026