Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyatida qovun yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xorazm viloyatida 2019 – 2020 yillarda qovun yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 114-sonli qaror qabul qilindi.
Qaror Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Unda 2019 – 2020 yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, xususan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini ochiq usulda yetishtirish, Xorazm viloyati tumanlarida qovun ekish uchun issiqxonalar tashkil qilish chora-tadbirlari belgilab berilgan.
Qaror bilan Xorazm viloyati hokimligiga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda viloyatdagi zaxira yerlar hisobidan qovun yetishtirishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish uchun zarur yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rish yuklatilgan.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga:
- Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qovunning ochiq maydonlar va issiqxonalar uchun mo‘ljallangan eksportbop navlari urug‘larini yetarli miqdorda yetishtirishni ta'minlash;
- «O‘zagroeksport» AJ bilan birgalikda 2 oy muddatda dunyodagi asosiy iste'molchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari bo‘yicha import qilish hajmlarini o‘rganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026