20:11 / 13.02.2019
8099

MBAning eng katta haq oluvchi basketbolchilari e'lon qilindi

“Los-Anjyeles Leykers” basketbol klubining 34 yoshli hujumchisi Lebron Jyeyms Forbes nashri talqiniga ko‘ra, navbatdagi marta Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) eng katta haq oluvchi o‘yinchisi deb topildi.

Oxirgi 5 yil davomidagi reytinglarning yetakchisi bo‘lgan Jyeyms joriy mavsumda 88,7 mln dollar ishlab topadi, u bu qiymatdan 53 mln dollarini reklamadan oladi.

2- va 3-o‘rinlarni “Golden Steyt Uorriorz” o‘yinchilari Stefen Karri (79,5 mln dollar) va Kevin Dyurant (65 mln dollar) egallagan.

Top-o‘ntalikka Rassell Uestbruk (“Oklaxoma”, 53,7 mln), Jyeyms Xarden (“Xyuston”, 47,4 mln), Kris Pol (“Xyuston”, 43,7 mln), Yannis Adetokunbo (“Miluoki”, 43,2 mln), Damian Lillard (“Portlend”, 41 mln), Bleyk Griffin (“Detroyt”, 39,1 mln), Pol Jorj (“Oklaxoma”, 38,6 mln) kiritilgan.

Reytingga ko‘ra, yetakchi o‘ntalikka kirgan basketbolchilar joriy mavsumda umumiy hisobda 540 mln dollar ishlab topishar ekan. 

Top