Germaniya basketbol terma jamoasi 14 sentabr, yakşanba kuni Rigada ötkazilgan musobaqaning final uçraşuvida Turkiyadan kelgan raqiblarini 88:83 hisobida mağlub etib, Yevropa çempioni böldi. Ikki yil avval Maniladagi çempionatda nemislar basketbol böyiça jahon çempioniga ham aylangan edi.

Germaniya jamoasi ikkinçi marta basketbol böyiça Yevropa çempioni böldi. Ular bu nomni birinçi marta 1993 yilda qölga kiritgan. «Germaniya basketbol böyiça jahon va Yevropa çempioni. Biz aynan özimizga tegişli joydamiz — va uyda hali ham bir neça juda yaxşi öyinçilar bor», — dedi NBA'ning germaniyalik yulduzi Frans Vagner ğalabani şarhlar ekan.

Hal qiluvçi oçkolarni sönggi daqiqada Germaniya terma jamoasi sardori Dennis Şryoder kiritdi. Keyinçalik u uçraşuvning eng yaxşi öyinçisi deb topildi.