Ğirromçi suğurta kompaniyasi va basketbol afsonasining mardligi
|14:21 / 19.03.202611 56810 min
1993 yil, aprel. Milliy basketbol assotsiatsiyasi muntazam ligasidagi navbatdagi öyini bölib ötmoqda. Tanaffus paytida qiziqarli tanlov ötkazadi. Unga köra, xohlovçilar maydon çetidan töp irğitib, narigi tomondagi savatçaga tuşirişi kerak edi. Bir yigit şu işni uddalaydi. Biroq yutuqni tölaşi lozim bölgan suğurta kompaniyasi ğirromlik qiladi va pullarini berişdan boş tortadi. Oxir oqibat yigitga yutuqni “Chicago bulls” jamoasi tölab beradi.
Bugun AQŞ sportini basketbol öyinisiz tasavvur qilib bölmaydi. Bu sport turi muxlislar taşrifi böyiça Amerika futboli va beysboldan söng uçinçi örinda turadi.
Basketbol AQŞda eng köp öynaladigan öyin hisoblanadi va bilan mamlakatda 26 milliondan ortiq odam şuğullanadi.
Şuningdek, AQŞ va Kanada jamoalari iştirok etadian Milliy basketbol assotsiatsiyasi ligasi dunyo miqyosida eng köp tomoşa qilinadigan turnir hisoblanadi.
Jamoaviy öynaladigan boşqa sport turlarida bölgani kabi AQŞda bölib ötadigan basketbol öyinlari juda qiziqarli va keskin kuraşlar ostida keçadi.
Şu bilan birga tanaffus paytlarida zaldagi muxlislar uçun turli tanlovlar ötkaziladi va öyinlar qiziqarli şouga aylanadi.
1993 yilda ana şunday tanlovlarning biri mojaro bilan yakun topadi. “Chicago bulls” jamoasiga homiylik qiluvçi kompaniya mukofot uçun va’da qilingan 1 mln dollarni ğolib yigit Don Kelhunga tölab berişdan boş tortadi.
Foto: spors.qq.com
Million dollarlik aniq zarba
1993 yil 14 aprel. Çikago şahridagi arenada MBA muntazam ligasida iştirok etuvçi “Chicago bulls” va “Miami Heat” jamoalari bellaşmoqda.
Öşa paytda AQŞlik jahonga maşhur basketbolçi Maykl Jordan “Chicago bulls” jamoasi şarafini himoya qilar va u ham maydonda edi.
Öyinga tanaffus berilgan paytda “Chicago bulls” jamoasi, “Koka-kola” kompaniyasi Lettuce Entertain You restoranlar tarmoğidan iborat taşkilotçilar yutuqli tanlov ötkazadi.
Tanlovga köra, avval muxlislar orasidan tasodifiy yöl bilan bir neça kişi tanlab olinadi. Söng ular navbati bilan basketbol maydonining bir çetidan, ikkinçi çetidagi savatçaga töpni uloqtirişi kerak edi.
Mavzuga oid
Qoida aniq: 23 metr uzoqlikdan savatçaga töpni aniq tuşirgan qatnaşçi ğolib böladi va u 1 mln dollarga ega çiqadi. Agar bu işni bir neça kişi bajarsa mukofot puli ular orasida teng taqsimlanadi.
Yutuqni “Chicago bulls” jamoasiga homiylik qilayotgan “American Hole 'N One” suğurta kompanisi tölab berişi lozim edi.
Tanlov boşlangaç bir neça kişi töpni uloqtiradi, biroq savatçaga tuşira olmaydi. Aslida bu iş juda qiyin bölib, şu sababli ham taşkilotçilar tanlovga yutuq sifatida katta mablağ qöygandi.
Navbat kanselariya dökoni sotuvçisi bölib işlovçi Don Kelhunga keladi. Yigit uloqtirgan töp töğri borib savatçaga tuşadi. Şunda arenada ötirgan muxlislar yigitni olqişlay boşlaydi.
Foto: Videodan kadr
Öşa paytda tanaffus olgan basketbolçilar tanlovni kuzatişayotgandi. Ular ham navbati bilan yigitni quçoqlab, tabriklaşadi. Jumladan, maydonda bölgan Maykl Jordan ham.
Don Kelhunning qöliga 1 dollarlik yutuqqa ega çiqqani haqidagi banner-sertifikat topşiriladi. Yigit öşa kuni xursand holda sevimli jamoasining arenasidan çiqib ketadi. Ertasi kuni esa muammo boşlanadi...
Ğirromlik
Don Kelhun ança-munça basketbolçilar ham amalga oşirolmaydigan işni uddalab, mukofot puliga ega çiqqandi. Biroq 23 metrdan töpni savatçaga heç kim tuşira olmasligiga işonib pul tikkan suğurta kompaniyasi yutuqni tölaşga kelganda ğirromlik qilardi.
Kompaniya Don Kelhunga mukofot puli berilmasligini e’lon qilib, buning ikkita sababini keltiradi. Birinçi sababga köra Don Kelhun töpni uloqtirayotganda çiziqni bosgan.
Ikkinçisi, u avvalroq bir muddat kollejdagi jamoa safida basketbol öynagan. Kompaniya tanlov oddiy muxlislar örtasida ötkazilganini va unda Donning iştiroki xato bölganini aytadi.
Ya’ni, suğurta kopaniyasi tanlov iştirokçilari söngi 5 yilda basketbol bilan muntazam şuğullanmagan bölişi kerak edi, deb turib oladi.
Foto: Videodan kadr
Şundan söng suğurta kopaniyasining vajlari böyiça tekşiruv ötkaziladi. Eng avval Don Kelhun töpni uloqtirayotgan paytda çiziqni bosganmi yoki yöq, şu tekşiriladi.
Jarayon tasvirga tuşirilgandi. Video sinçiklab körilganda Donning çiziqni bosmagani ma’lum böladi. Ikkinçi sabab böyiça ham komissiya yigitni haq deb topadi.
Çunki şartga köra, tanlovda professional sportçi, hatto faoliyatini tugatgan bölsa ham qatnaşişi mumkin emasdi. Don Kelhun esa heç qaçon basketbol bilan professional tarzda şuğullanmagan, şunçaki kollejdagi havaskor jamoada öynagandi.
Suğurta kopaniyasining ikkita vaji ham örinli emas, deb topiladi. Biroq ular baribir 1 mln dollarni tölaşni xohlamaydi.
Öşa paytda Don Kelhun bilan sodir bölgan hodisa va suğurta kompaniyasining ğirromliq qilayotgani AQŞ OAV lari e’tiboriga tuşadi va ular birin ketin hodisa haqida yoza boşlaydi. Ammo bu ham suğurta kopaniyasining fikrini özgartira olmaydi.
Hodisaga “Chicago bulls” jamoasining aralaşuvi
Don Kelhunga qilingan ğirromlik ommaga oşkor bölgaç muxlislar “Chicago bulls” jamoasini ham ayblay boşlaydi. Çunki tanlov jamoaning uy arenasida, uning öyini paytida taşkillaştirilgandi.
Qolaversa gazetalar va turli telekanallar har kuni Don Kelhunga qilingan ğirromlik haqida maqola hamda körsatuvlar berib, muxlislarni yanada junbuşga keltiradi.
Foto: alamy.com
Bu orada bir yilça vaqt ötib ketadi va Don Kelhun suğurta kompaniyasidan öz yutuğini ololmaydi. Kunlarning birida “Chicago bulls” jamoasi rahbariyati 1 mln dollarlik yutuq böyiça matbuot anjuani ötkazişi haqida e’lon beradi.
Matbuot anjumanida jamoa rahbariyati suğurta kompaniyasidan farqli ravişda Don Kelhun 1 mln dollarni haqqoniy yutganini tan oladi. Söng suğurta kompaniyasi tölaşdan boş tortgan pullarni jamoa tölab berişini ma’lum qiladi.
Faqat jamoa rahbariyati Donga pullarni birdaniga emas, har yili 50 ming dollardan 20 yil davomida tölab borilişini aytadi. Yigitning bunga könişdan özga çorasi qolmaydi.
Öşandan keyin Don Kelhun 2013 yilgaça 20 yil davomida har yili “Chicago bulls” jamoasidan 38 ming dollardan olib turadi. Qolgan 12 ming dollar daromad soliği uçun uşlab qolinadi. Şu tariqa yigit özi yutgan mukofot pullarini töliq oladi.
Garçi bir urinişda million dollarni yutgan bölsa-da Don Kelhun millionerga aylana olmaydi – u kanselariya mahsulotlari sotiladigan magazindagi işini davom ettiradi.
Maşmaşaga Maykl Jordanning aralaşuvi
Don Kelhun töpni savatçaga tuşirgan kuni afsonaviy basketbolçi Maykl Jordan ham maydonda edi. Boşqalar kabi u ham ğolibni tabriklaydi.
Foto: Videodan kadr
Öyin söngida “Chicago bulls” jamoasining barça öyinçilari Don Kelhun savatçaga tuşirgan töpga dastxat qöyib berişlari lozim edi. Öşanda faqat bir kişi – Maykl Jordan bu işni qilmaydi. Jamoadoşlari dastxat qöyayotganda u indamay kiyiniş xonasiga kirib ketadi.
Mayklning dastxat qöymagani sababi bor edi. 1992 yilda u Upper Deck kompaniyasi bilan şartnoma imzolagandi.
Uşbu kelişuvga köra, Upper Deck Jordanning dastxati tuşirilgan turli mahsulotlarni işlab çiqaruvçi yagona kompaniya hisoblanardi.
Sportçi va kompaniya örtasida tuzilgan şartnomada Jordanning futbolka, töplar va boşqa narsalarga dastxat qöyişi çeklangandi. Jordan faqat xayriya tadbirida yoki kasal bolalar uçun dastxat qöyişi mumkin edi.
Don Kelhun nima qilib bölsa ham Jordanning dastxatini olişni maqsad qiladi va “Chicago bulls” jamoasining öyinlariga muntazam tuşa boşlaydi. Biroq maşhur öyinçining dastxatini ololmaydi.
Oradan bir yilça vaqt ötadi. Suğurta kompaniyasi hamon mukofot pulini tölab berişni keçiktirib kelar, Don esa da’vogar sifatida yurgandi. Bir kuni yigit Maykl Jordan öğlining öyinlarini köriş uçun u öqiydigan maktabga borib turişini eşitadi va öşa yoqqa otlanadi.
Foto: memedeportes.com
Biroq tan soqçilar uni Mayklning oldiga qöymaydi. Ular sportçi baribir dastxat bermasligini ta’kidlaydi. Don u yerdan çiqib ketayotganida tan soqçilardan biri uni quvib yetadi va Maykl çaqirayotganini aytadi.
Yigit Jordan bilan uçraşganda sportçi Donni taniydi va “Pulingizni oldingizmi?” deb söraydi. Yigit olmaganini bildiradi.
Şundan söng Jordan “Chicago bulls” rahbariyatiga bosim ötkazadi va yigitga yutuqni tölab berişni talab qiladi. Avvaliga jamoa rahbariyati könmaydi.
Biroq bir muddat ötgaç klub rahbariyati özining eng yaxşi öyinçisi qöygan talabga könişga majbur böladi.