El Chapo maksimal qat'iy tartibdagi turmaga jo‘natilishi rejalashtirilmoqda
“Pakana” laqabli meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Loera AQShdagi sudda barcha ayblov bandlari bo‘yicha aybdor deb topildi. Loera hali hech bir mahbus qocha olmagan maksimal qat'iy tartibdagi turmaga o‘tkazilishi mumkin, deb xabar berdi New York Post nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Loera avval Meksikadagi turmalardan ikki marta qochishga muvaffaq bo‘lgan. Endi u Kolorado shtatidagi ADX Florence turmasiga jo‘natilishi mumkin. Ushbu turma norasman “tog‘dagi Alkatras” deb nomlanadi. “Reyter” axborot agentligining ma'lum qilishicha, ushbu turma ochilgan 1994 yildan beri undan hali hech kim qocha olmagan. Unda eng xavfli jinoyatchilar saqlanadi.
Loera AQSh hukumatiga sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining oxirgi ish kuni, 2017 yil yanvarda topshirilgan. Narkobaron Nyu-Yorkka samolyotda yetkazilgan. Unga qurolga noqonuniy egalik qilish, qotilliklarni tashkillashtirish, AQShga kokain yetkazib berish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
12 fevralda Nyu-Yorkdagi sudda hukm chiqaruvchilar hay'ati Loerani barcha ayblov bandlari bo‘yicha aybdor deb topdi. Yakuniy hukm 25 iyunda chiqarilishi kutilmoqda. “Sinaloa” karteli yetakchisiga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Mavzuga oid
11:58 / 24.10.2019
Meksikalik vazir narkobaronning o‘g‘lini ushlashdagi muvaffaqiyatsizlik sababli iste'foga ketishni istamadi
14:58 / 18.10.2019
Meksika politsiyasi mafiya bilan otishmadan so‘ng narkobaronning qo‘lga olingan o‘g‘lini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi
08:45 / 16.01.2019