Meksikaning sobiq prezidenti “Pakana” laqabli narkobarondan pora olganlikda ayblandi
Meksikaning sobiq prezidenti Enrike Penya Neto “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusman Loeradan 100 mln dollar pora olishda ayblandi. Aristegui Noticias portalining ma'lum qilishicha, bunday ayblov Nyu-Yorkda “Pakana” ustidan olib borilayotgan sud jarayonida kolumbiyalik giyohvandfurush Aleks Sifuentes tomonidan bildirilgan.
Sifuentesning aytishicha, bu pullar Penya Netoga uning 2012 yilda Meksika prezidenti lavozimiga kirishishidan bir necha oy oldin berilgan.
Aynan Penya Neto prezidentligi vaqtida “Pakana” ikki marta qo‘lga olinib, oxir natijada AQShga ekstraditsiya qilingan. Penya Neto narkobaronning ushlanishini hukumatining muvaffaqiyatlari qatoriga kiritgan.
2018 yilda “Pakana”ning advokati Jyeffri Lixtman uning mijozi Meksikaning ikki prezidentiga pul to‘lagani, “Sinaloa” narkokartelining haqiqiy yetakchisi u emas, balki Ismael Sambada bo‘lganini aytgan. Meksikaning sobiq prezidentlari Felipe Kalderon (2006-2012 yillar) va Enrike Penya Neto (2012-2018 yillar) bu ayblovlarni rad etishgan.
Kalderon vaqtida Meksikada narkomafiyaga qarshi haqiqiy urush boshlangan. Penya Neto vaqtida esa “Pakana” ikki marta qo‘lga olingan. Dastlab u 2014 yilda Masatlan shahrida ushlangan, biroq 2015 yilda turmadan yer osti tunneli orqali qochishga muvaffaq bo‘lgan. 2016 yil yanvarda maxsus operatsiya natijasida Los-Mochis shahrida ushlanib, AQShga ekstraditsiya qilingan.
Mavzuga oid
21:03 / 29.10.2024
Aspirant tasodifan Meksika junglilarida yo‘qolgan shaharni topdi
14:10 / 21.10.2024
Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi
20:19 / 07.10.2024
Meksikada lavozimiga tayinlanganiga 6 kun bo‘lgan mer o‘ldirib ketildi
00:24 / 02.10.2024