Jahon | 11:58 / 24.10.2019
7781
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikalik vazir narkobaronning o‘g‘lini ushlashdagi muvaffaqiyatsizlik sababli iste'foga ketishni istamadi

Xoakin Gusman /Foto: AP Photo / Eduardo Verdugo

Meksika jamoat xavfsizligi vaziri Alfonso Duraso narkobaron Xoakin Gusman Loeraning o‘g‘lini ushlash bo‘yicha maxsus amaliyot muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muxolifat talabi bilan iste'foga ketmasligini aytdi.

“Bunday lavozimlar izlanmaydi va ulardan voz kechilmaydi, ular mas'uliyatni nazarda tutadi”, deb aytgan Duraso jurnalistlarga. 

Vazir narkobaronning o‘g‘lini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot bo‘yicha hisobotni talab qilgan senatorlar oldida “katta mamnuniyat bilan” hisobot berishini ma'lum qilgan. 

Avvalroq Loeraning o‘g‘li Ovidio Gusmanni ushlash bo‘yicha Kuliakandagi amaliyot “Sinaloa” narkokarteli jangarilari bilan qaqshatqich to‘qnashuvlarga olib kelgan. Natijada mudofaa vazirligi va milliy gvardiya kuchlari maxsus amaliyotni to‘xtatib, qo‘lga olingan Ovidioni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgan. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 7 soat davom etgan to‘qnashuvlar 9 kishining halok bo‘lishi va 23 kishining yaralanishiga olib kelgan. Mahalliy turmadagi 55 mahbus tartibsizliklardan foydalanib, qochib qolgan

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid