Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik faxriy Afg‘onistondagi harbiy xizmati uchun 30 yildan keyin medal bilan taqdirlandi
Afg‘onistondan sobiq ittifoq qo‘shinlarining olib chiqilishining 30 yilligi arafasida Rossiyaning Qozog‘istondagi elchisi Aleksey Borodavkin afg‘on urushi faxriysi Fail Shoislomovga “Jangovar xizmatlari uchun” medalini topshirdi.
Rossiya mudofaa vazirligi ko‘magi va Qozog‘iston Respublikasi Afg‘oniston va lokal urushlar faxriylari ittifoqi vakillari sa'y-harakatlari bilan arxiv hujjatlarni ko‘tarib, Shoislomovning sobiq ittifoq oliy kengashi prezidiumining 1989 yil 7 martdagi farmoni bilan taqdirlanganini tasdiqlashga erishildi.
Faxriyning o‘zi uchun medalning topshirilishi kutilmagan holat bo‘lgan. Shoislomov 1986 yilda armiya safiga kirib, xizmatning ilk 5 oyini Turkmanistonda o‘tagan. So‘ngra 1987 yil aprelida Afg‘onistonning Shindand shahriga jo‘natilgan. Faxriy u yerda aerodromda raketalarni tayyorlash guruhi mexanigi sifatida xizmat qilgan. Shoislomov janglarda ishtirok etmagan.
Qozog‘iston Respublikasi Afg‘oniston va lokal urushlar faxriylari ittifoqi raisi Serik Osanovning ta'kidlashicha, qidiruv ishlari natijasida respublikada 125 ta medal va orden o‘z egalarini topgan.
15 fevralda sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilganiga 30 yil to‘ladi. 1989 yil 15 fevral soat 10.30da 40-armiya qo‘mondoni general-leytenant Boris Gromov Amudaryo ustidan o‘tuvchi “Hayraton” ko‘prigini oxirgi bo‘lib kesib o‘tgan.
Afg‘onistonda 620 mingga yaqin harbiy xizmat o‘tagan. Ulardan 14453 nafari afg‘on urushida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026