Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlari yagona geoaxborot tizimi joriy etiladi
Mamlakatda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya obektlarining yagona geoaxborot tizimini (GAT) joriy etishga yo‘naltirilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Ushbu tizim «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasida nazarda tutilgan «Aqlli suv ta'minoti va oqava suv» loyihasining asosiy komponentlaridan biri. U prezidentning 30.11.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4040-son qaroriga muvofiq joriy etiladi.
Muhokama qilinayotgan hujjatning maqsadi – ko‘rsatilgan soha obektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish usullari va texnologiyalari samarali boshqarilishini ta'minlovchi ilg‘or dasturiy mahsulotlarni va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ularni takomillashtirish.
Yagona geoaxborot tizimi rekonstruksiya qilingan va yangi qurilgan obektlar foydalanishga joriy etilishini yoki davlat kadastridan chiqarilishini hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilanib boradi, unga tuzatishlar kiritiladi.
Hujjat loyihasida tizimni joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash taklif qilinmoqda, u uch bosqichda amalga oshiriladi:
• I – respublika va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda;
• II – tuman markazlarida va shahar posyolkalarida;
• III – qishloq aholi punktlarida.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
07:18 / 05.05.2026