Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslarning «unitar korxona» tashkiliy-huquqiy shakli bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Dasturga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 82-bandida nazarda tutilgan.
Bildirilishicha, loyihada yuridik shaxslarning “unitar korxona” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish, xo‘jalik yuritish huquqini bekor qilish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026