16:56 / 14.02.2019
16632

Erdo‘g‘an S-400 tizimi tufayli AQSh bosim o‘tkazayotganini aytdi

Foto: RIA Novosti/Vladislav Sergiyenko

S-400 tizimi yetkazilishi munosabati bilan AQSh Turkiyaga bosim o‘tkazmoqda, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an.

"S-400 haqida. Hammaga ma'lumki, Amerika hukumati bu masalada bizga katta bosim o‘tkazmoqda", - dedi Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar avvalida.

Bugun, 14 fevral kuni Sochida Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda uch davlat rahbari Idlibdagi vaziyat, siyosiy jarayon va Suriyadan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini muhokama qiladi.

Top