Jahon | 14:31 / 24.03.2022
13997
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an ma’muriyati S-400 majmualarini Ukrainaga berish to‘g‘risidagi taklifni amalga oshmaydigan g‘oya deb atadi

Avvalroq Pentagon AQSh Turkiya bilan Anqara Rossiyadan sotib olingan havo hujumidan mudofaa qiluvchi S-400 majmualarini Ukrainaga berishi bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgani xabar qilingandi.

Foto: AP

Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 zenit-raketa majmualarini Ukrainaga berishi amalga oshmaydigan g‘oya. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Faxritdin Oltun ma’lum qildi.

"Bu aslo amalga oshmaydigan g‘oya", - dedi u.

Oltunning so‘zlariga ko‘ra, "G‘arb Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari va Patriot zenit-raketa majmualarini hech qanday shartlarsiz yetkazib berishi lozim".

"Ayrim ittifoqchilar Turkiya-Rossiya munosabatlarida keskinlik paydo bo‘lgan vaqtda respublikadan Patriot zenit-raketa majmualarini olib chiqib ketgani hali ham Turkiyaning yodida", - deya qo‘shimcha qildi Oltun.

Avvalroq Pentagon AQSh Turkiya bilan Anqara Rossiyadan sotib olingan havo hujumidan mudofaa qiluvchi S-400 majmualarini Ukrainaga berishi bo‘yicha muzokara o‘tkazayotganini tasdiqlagandi.

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Anqaraga Turkiyadan Amerika sanksiyalari yechilishi hamda F-35 qiruvchi samolyotlarni ishlab chiqarish dasturiga qaytishi evaziga S-400dan voz kechib, ularni Ukrainaga jo‘natish taklif etilgan.

Turkiya 2017 yilda Rossiyadan 2,5 milliard dollar evaziga C-400 tizimlarini sotib olishini e’lon qilgan, birinchi partiya oradan ikki yil o‘tib yetkazib berilgandi.

NATO davlatining bunday qarori AQSh tomonidan keskin tanqidga uchragandi — Anqaraga qarshi sanksiyalar joriy etilgan, shuningdek, Vashington Turkiyani F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib yuborgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid