01:24 / 14.02.2019
13507

Erondagi portlash qurbonlari soni 41 nafarga yetdi

Foto: RIA NovostiEPA-EFE/FARS NEWS AGENCY

Eronning janubi-sharqida xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining maxsus kuchlari – “Al-Quds” jangchilari va tinch aholi halok bo‘lgan. 

Avvalroq 20 jangchi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, Siston-Balujiston viloyatidagi Xosh-Zohidon yo‘lida xudkush portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashinada “Al-Quds” harbiylari bo‘lgan avtobusga borib urilgan. 

Hujum uchun javobgarlikni “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan. Ushbu guruh 2012 yilda Pokiston hududida joylashgan “Jundalloh” terrorchilik guruhi a'zolari tomonidan shakllantirilgan. Ushbu terrorchilik guruhi 2010 yilda Eron maxsus xizmatlari tomonidan tor-mor qilingan, uning yetakchisi Abdumalik Rigi esa qatl etilgan.

Mavzuga oid
Top