Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropa mintaqaviy byurosining oliy darajadagi sessiyalaridan biriga O‘zbekiston rahbarlik qilmoqda
Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a'zo 53 davlatning sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro ekspertlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Mazkur uch kunlik yig‘ilishda tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, favqulodda vaziyatlarda sog‘liqni saqlash samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlarni kuchaytirish hamda ijrosiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan atroflicha muhokamalar yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Muhokamalar sessiyalarga bo‘lingan holda davom etdi. Jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov raisligida o‘tgan yakunlovchi yalpi majlisda mintaqada salomatlikni asrash borasida 2023 yilgacha va undan keyingi rivojlanish bosqichlari keng muhokama etildi.
Darhaqiqat, favqulodda vaziyatlarda salomatlik uchun barcha tahdidlarga qarshi yetarli darajada himoyani ta'minlash uchun milliy va umumiy ijtimoiy yondashuvga asoslangan siyosiy majburiyat va yuqori darajadagi moliyaviy yordam talab qilinadi. Shu bois jamiyat sog‘lig‘iga tahdidlarning oldini olish, ularni tayyorlash, aniqlash va tartibga solish, zarur hollarda a'zo mamlakatlarga yordam berish uchun milliy strategik imkoniyatlarni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi.
Oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026