Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda robototexnika ishlab chiqaruvchi korxona ochishni rejalashtirmoqda
Foto: uzdaily
15 fevralda O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchisi Ravshan Usmonov “TXMR” kompaniyasi korxonasiga tashrif buyurdi. Usmonov u yerda kompaniya ijrochi direktori Tengku Farid bilan uchrashdi.
“TXMR” nafaqat Malayziyada, balki Janubi-Sharqiy Osiyoda sanoatni avtomatlashtirish va robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Yevropa va Osiyoning yetakchi korporatsiyalari kompaniya bilan hamkorlik qiladi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar, ilg‘or xorijiy tajriba va nou-xau jalb qilgan holda zamonaviy yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish muhokama qilindi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda sanoat sektorini modernizatsiya qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turlarining kengaytirilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra “TXMR” rahbariyatining O‘zbekistonda robototexnika ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonani tashkil etish uchun aprelda yurtimizga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvga kelingan. Bu O‘zbekistonning ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi liniyalari samaradorligini va rentabelligini oshirish uchun zarur sharoitlarni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:48
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
12:54 / 02.04.2026