Sport | 18:16 / 15.02.2019
11249
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan 2019-2023 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram kanali xabariga ko‘ra, konsepsiya doirasida maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab jismoniy tarbiyaning innovatsion usullari takomillashtiriladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlashda ularning trenerlik kasbida ishlash ishtiyoqiga e'tibor beriladi

Jismoniy tarbiya sohasidagi kadrlar Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportga rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma'muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba orttiradi.

SPORTSUZ axborot portali hamda iSPORT cport ilovasi yaratiladi.

Sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha – “Skm-sporsmen”, trenerlarni ma'lumot bazasini ta'minlash bo‘yicha – “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta'minlash bo‘yicha – “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari tashkil etiladi.

“Sport bayrami” milliy festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek qaror bilan Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi.

Fuqarolar o‘z turar joylariga yaqinda joylashgan obektlarning (ta'lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlaridan foydalanishini ta'minlash yo‘li bilan ularning jismoniy faolligi oshiriladi.

Mavzuga oid