Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Myunxenda Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi
2019 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) xavfsizlik bo‘yicha konferensiya ishida qatnashayotgan Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi hamda O‘zbekiston – Pokiston hamkorligining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi ikki yilda kuzatilayotgan faollashish davlatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun, jumladan Afg‘onistondagi holatni tinch yo‘l bilan bartaraf etishga ko‘maklashish borasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha obektiv shart-sharoitlarni yaratishi ta'kidlandi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026