Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Osiyo qadriyatlarini qayta kaşf etib” (Rediscovery of Asian values) nomli birinçi Özbekiston – Koreya Xalqaro ilmiy Media Konferensiyasi-2019 öz işini boşladi. Unda Janubiy Koreya universitetlaridan taşrif buyurgan professor-mutaxassislar hamda özbekistonlik professorlar, doktorantlar öz ma'ruzalari, taqdimotlari bilan iştirok etişdi va sohadagi mavjud kamçiliklarni muhokama qilişdi.  

Konferensiya doirasida bosma OAV va ularning transformatsiya jarayonida duç kelayotgan özgarişlari, teleradiojurnalistikaning Osiyo mamlakatlarini birlaştirişdagi örni, axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar sohasining rivoji, internet jurnalistikasi hamda zamonaviy mass-mediada kutilayotgan özgarişlar mavzulari körib çiqildi. 

Universitet rektori Şerzod Qudratxöjayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida mazkur seminarning ahamiyati va kelgusidagi rejalar xususida aytib ötdi: 

“Bizga ma'lumki, Koreyaning iqtisodi dunyodagi eng ilğorlardan biri hisoblanadi. Uni “möjizalar mamlakati” deb ham ataşadi. Lekin bu möjizalarga yetişiş uçun insonlar ança ter tökişgan, zahmat çekilgan. Şu ma'noda Koreyaning tajribasi biz uçun juda muhim. Sababi, şu xalq bir ğoya, bir maqsad yölida birlaşib, ikkinçi jahon uruşidan keyin, atrofida qözğolon bölgan bir paytda, Yaponiyaning zöravonliklariga qaramay, 30-40 yilda juda katta muvaffaqiyatga erişdi. Albatta, bunda jurnalistika katta örin tutgan. Odamlarni uyğotiş, yangi ğoya bilan oziqlantiriş, tadbirkor bölişga, Vatanni sevib, uning rivojlanişi uçun öz hissasini qöşişda jurnalistikaning örni katta bölgan. Bugungi kunga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy, inson kapitali, harbiy nuqtai nazardan dunyoning eng katta rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Bugun biz Koreyaning tajribasidan foydalangan holda özbek jurnalistikasida ham ana şu sifatlarni şakllantirişimiz kerak”.

Rektor şuningdek, Koreya jurnalistikasi Axborot texnologiyalaridan foydalanişda ham ança ilğor ekanligini alohida ta'kidlab ötdi. 

“Koreyaning yana bir öziga xos jihati - AT sohasida rivojlangani, ijtimoiy tarmoqlarda işlaşi, kommunikatsiya sohasida töplagan boy tajribasi biz uçun juda ham kerak. Biz hali ham qaysidir ma'noda toş asrida qolib ketganmiz. Ayniqsa, tuman gazetalarining adadi kamligi, majburiy obunalar kamaytirilganligi sababli gazetalar inqirozga uçradi. Biz hali ham şu inqiroz uçun koyib ötiribmiz. Yöq, biz bugun internet rivojlantiriş orqali bu muammolarni hal etişimiz lozim. Bosma gazetalarda ham dolzarb masalalarni kötariş, tahlil bilan yondaşadigan bölsak, ularning ham adadi oşadi. Çunki gazeta doimo kerak. Uni öqiydigan auditoriya mavjud. Kimdir planşet bilan öqisa, yana kimdir bir piyola qahva bilan gazetani varaqlaşni xuş köradi.