Buyuk islom dini nomini bulğab öziga «Islom davlati» deb nom qöyib olgan IŞID terrorçilik taşkiloti borgan sari halokatga yaqinlaşmoqda. Bu «davlat» heç kimga böysunmasligini e'lon qilganida, islomning mazmunini tuşunmaydigan minglab odamlar uning çirkin ğoyalarini qöllab-quvvatlaş uçun Iroq va Şom (Suriya) tomon yöl olişdi. Biroq bu badkirdorlar halokatga yaqinlaşgani sayin köplab aldanganlar u yerdan qoçiş payiga tuşdilar.
«The Insider» naşri terrorçilar makon tutgan hududlardan qoçgan ikki rossiyalik ayol bilan suhbat qurdi. Zagidat va Zalina ismli bu ayollar boşlaridan ötkazgan oğir damlar haqida hikoya qilişadi. 3,5 yil davomida jangarilar içida yaşagan bu ayollar 2017 yilda ularning çangalidan qoçib qutulişgan. Öşa vaqtlar Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlari köplab ayollar va bolalarni terrorçilardan qutqargandi. Xususan, 21 nafar ayol va 73 nafar bola maxsus operatsiyalar davomida vataniga qaytarilgan. Lekin keyinçalik bu amaliyot negadir töxtab qoldi. Zagidat va Zalina «The Insider» naşriga terrorçilar qöliga qanday tuşib qolganliklari, u yerga qanday borganliklari va u yerdan qanday qoçganliklari haqida hikoya qilişgan. Agar sabr bilan öqisangiz, u yerlarda inson qançalik noinsoniy hayot keçirişini, insoniyligi tirik har qanday odam bu yerlardan faqat qoçiş haqida öylaşini tuşunasiz.
2012 yil oxirida turmuşga çiqdim. Töydan köp ötmay Turkiyaga ketdik. Men yoşligimda «Doğiston ramzlari» ansamblida raqsga tuşardim. Onam meni musiqa maktabiga bergandi, u yerda pianino çalişni örgandim. Maktabni bitirib universitetga hujjat topşirdim. Bolalar ruhşunosligi böyiça öqidim.
Turkiya
Erim umuman uruş qiladigan odam emasdi. U Istanbulda taksi haydardi. Bu şaharda 6 oy yaşadik. Keyin... Keyin u meni Suriyaga olib ketdi. Bizni Abu Bakr degan arab Gaziantepdagi çegaragaça olib bordi. U yer çegaraga ham öxşamasdi. Hammayoq oçiq, odamlar bemalol ötib ketaverişadi. Yuzlab odamlar çegarani erta-yu keç bosib ötişadi. Suriyaga ketayotganlar orasida har qanday millatdagilar topiladi: moskvalik ruslar, amerikalik qora tanlilar, fransuzlar, indoneziyaliklar.
Mavzuga oid
Men bemalol ötib ketganimizdan bu davlatni kelişib taşkil qilişgan deb öyladim. Yöqsa, nega örtada heç qanday çegara yöq? Birov senga qayerga ketyapsan, demaydi. Çegaradagi baland minoradagi turk askarlari xuddi odamlarni payqamayotgandek turişadi. U yerdan odamlar çiqib kelayotganda esa, ularga qarata öq uzişadi. Hatto bolalarni ham otişadi. Xuddi öşa IŞIDdan heç kim çiqmasligi kerakdek. Biz özimizni tuzoqqa tuşib qolgandek his qildik.
Avvaliga erim va bolalarim bilan Raqqadagi haşamatli kvartiraga joylaşdik. Bu avval biror boy odamning uyi bölgan. Boşida faqat bolalarimni quçoqlab yiğlardim. Keçasi bilan tepamizdan samolyot ötadi, bombalar tuşadi. Hayotim faqat qörquvdan iborat bölib qoldi. Bir kuni sabrim tugadi va erimga «Bu yerda yolğiz yurgan ayollar köp ekan. Xohlaysanmi, senga ikkinçi xotin topaman, meni esa bolalar bilan uyga yuborasan», dedim. Bu gapni aytayotib şunçalik qörqdimki...
Bir kuni erim mening taklifimga roziligini aytdi. Bu gapni aytganida xursandligimdan yuragim yorilay dedi. Erim taksi çaqirdi va unga 60 dollar berdi. Erim va bolalar bilan taksida Iroq tomonga 7 soat yöl yurdik. U meni tanişining uyiga olib borib qöydi va özi ortga qaytib ketdi. Qaytişida esa u bölgan maşina ustiga bomba tuşgan. Erim bilan yana bir doğistonlik bor edi. U tirik qolgan. Öşa doğistonlikning xotini menga bölgan voqea haqida yozdi.
Iroqda men ufalik qizlar bilan tanişdim. Ular erim ölganini eşitgaç, «bu qoçiş uçun yaxşi imkoniyat»ligini aytişdi. Ular olti marta qoçişga uringan, lekin har safar erlari bunga yöl qöymagan ekan. Bir kuni mahalliy arab ayol bilan tanişib qoldik. Boşida u bilan gaplaşişga qörqdik. U IŞIDni yomonlaganidan keyin qoçişga yordam berişini ötinib söradik.
Uning eri bizni pul evaziga çegaraga olib borişini aytdi. Biroq bizda ular söragan 2 ming dollar pul qayoqda deysiz? Menda bir çaqa ham yöq edi. Tirikçilik uçun taqinçoqlarimni ham sotib bölgandim. U yerda ufalik Viktoriya degan qiz bor edi. U uyini sotganini eşitdik. Keyin Viktoriyadan uç kişi 2 ming dollardan qarz oldik.
Madanit ismli mahalliy erkak meni mototsiklida olib ketdi. Özim bilan ikki öğlimni oldim. Qizlar esa orqadan boşqa oila bilan maşinada kelişardi. Madanit yölda sörab qolişsa, ismim Umma-Ibrohim ekanini, uning xotini ekanimni aytişimni uqtirdi. Oyoğimga qoçiş oson bölişi uçun «sekond hend»dan (kiyilgan liboslar sotiladigan dökon) sportça oyoq kiyim olgandim. U menga arablar bunaqa narsa kiymasligini, arablarga öxşab qora tapoçka kiyib olişim kerakligini aytdi.
Öğlim Muhammadni ham arabça kiyintirib oldik. U mening öz bolam emasdi. Muhammadning ota-onasi 9 yoşida halok bölişgan va u men bilan qolgan. Uni mendan olib ketmoqçi va bolamdan ana unaqa (ya'ni terrorçi) tayyorlamoqçi bölişgandi. Yölga çiqqanimizdan keyin ham xursand böldim, ham qörqdim. Bir tomondan, uyga ketayotganimni öylasam, boşqa tomondan yölda tutib olişsa nima qilaman deb qörqardim. Bizni olib ketayotgan yigitga «Menga tegmaysan-a?», deb söradim. U esa «Xudo haqqi, qölimni ham tekkizmayman», dedi.
U meni onasining uyiga olib bordi. U yerda kuldonni körib erkaklar bor deb qörqib ketdim. Qizlarim orqadagi maşinadan kelişlari kerak edi. Ular hadeganda kelaverişmagaç, yuragimga ğulğula tuşdi. Keyin bilsam, hali emizikli bölgan kiçkinam oç qolib bezovta bölibdi. Tinçlanavermagaç unga yöldan emizib beradigan ayol topişibdi. Taksi keçasi soat 12da keldi. Bolalarimni körganimda qaytadan tuğilgandek böldim. Öşanda sezdimki, odam uçun hayotda bolasidan azizroq heç nima yöq ekan.
Ertasiga bizni kurdlar yaşaydigan Iroq çegarasiga olib borişdi. U yerda ikkita lager bor edi, lekin biz kurd qamoqxonasiga tuşib qoldik...
Zalinaning hikoyasi. Doğiston
Foto: The Insider
Erim 2012 yil terrorçi sifatida antiterror operatsiyasi davomida yöq qilingan. 2012 yil Doğistonda uruş borardi. Terrorçilarni uşlaş böyiça reydlar ötkazildi. Meni ham uşlab ketişdi va ikki yil Osetiyadagi qamoqxonada ötirdim. Ozodlikka çiqqaç, yaqinlarim Turkiyaga borişni tavsiya qilişdi. 5 kun içida özim va bolalarimga xorijiy pasport tayyorlatdik va 2014 yil 11 may kuni Turkiyaga ketdim.
Turkiyada barça «Islom xalifati e'lon qilingani» haqida bong urardi. Odamlarning Suriyaga oqib ketayotganini körsangiz edi. Yoşlar, bolalar, qariyalar, oilalar. U yerga ketayotganlar «Musulmonlar şariat asosida yaşaşi kerak, siz esa bu yerlarda şariatsiz yaşab yuribsizlar», deb aytişardi. Bu gaplardan vijdonim qiynalar va özimni Xudoning oldida gunohkor deb hisoblay boşladim. Şunday kunlarning birida tört bolam bilan ketişga qaror qildim. Bizga ikki kun kutasizlar, tayyorlaninglar deyişdi va Gaziantepgaça boradigan avtobus uçun çipta berişdi.
IŞIDning Turkiyadagi odamlari barçasini taşkil qilişlari, ular bizga ovqat berişlari, kiyim-keçak bilan ta'minlaşlari kerak edi. Lekin bizga faqat avtobus çiptalarinigina berişdi. Ketayotganda hammasi şunçalik çiroyli körinadiki, u yerga bormaslikning iloji yöq deb öylaydi odam. Maşinalar bizni sahroga olib bordi. U yerda esa lyuks mikroavtobuslar, qurollangan odamlar bizni kutib olişdi. Şunda manzilga yetganimizni angladim.
Bolalar bilan Tabku degan joydagi kvartiraga joylaşdik. Uy egasi ham doğistonlik ayol edi. Birinçi kunlar samolyotlar, bombalar ovozidan uxlay olmadim. Köp ötmay albaniyalik odamga erga tegdim. U yerda erkaklar ayollar içidan birdaniga 3-4 ayolni olib ketar, ayollarning ustidan kulişardi. Bir kuni tuğayotgan ayolga yordam berdim va buni körgan boşqa ayollar ham meni tuğiş oldidan çaqira boşlaşdi.
Bizga arabçani örgatişmasdi, lekin hamma yerda arabça gapirişardi. Uylarda televizor yöq, antennalarni taşlab yuborişgan. Köçalardagi katta ekranlarda özlari işlagan kinolarni aylantirib qöyişadi. Butun dunyo IŞID ular uçun dahşat ekanini aytadi, lekin ularning qançalik dahşat ekanini biz öz tanamizda his qilganmiz. U yerda faqat arablar va amerikaliklar yaxşi yaşaydi. Qolganlarning har qadami nazorat qilinardi. Mahalliy aholi xohlagan yeriga, hatto Turkiyaga bemalol borib kelişi mumkin, lekin bizni avtomat bilan boşqarişardi.
Ba'zan yangi borgan yigitlarni töplaşadi-da ularni jangga olib ketayotganliklarini aytişadi. Keyin ularni oçiq maydonda samolyotdan öqqa tutib qirib taşlaşadi. U yerda bir qiz bilan tanişib qoldim. Uning eri «Sabr» batalonida amir edi. Qizning eri doim uruşda bölar va uyiga kam kelardi. Samolyotlar tepadan bomba taşlaganda qörqib ketgan qiz mening oldimga kelardi. Bomba tuşgan vaqtda qoçadigan yer topolmay qolardik. Pastga tuşsak, snaryadlarni körib battar qörquvga tuşardik.
Bir kuni u qizga blindaj (bombadan yaşirinadigan pana joy) yasaşni taklif qildim. Buning uçun 700 dollar atrofida pul ketardi. U taklifimni eriga aytganida esa şunday javob olibdi: «Agar öşa blindajga qadam qöysang, taloq qilaman. Çunki biz bu yerga ölgani kelganmiz». Tasavvur qilyapsizmi, odamlar u yerga ölimga tayyor bölib borişadi.
Men qoçişni reja qila boşladim. Lekin erkak odamsiz buning imkoni yöq edi. Çunki ayollarning özi keta olişmasdi. Erim menga yordam berişini aytdi. U ham qoçib yurmoqçi bölib yurgan ekan, lekin buni oçiq ayta olmagan. Ayollar-ku guruh-guruh bölib qoçib ketişardi, lekin erkaklarning IŞIDdan qoçişi deyarli imkonsiz edi. Qoçmoqçi bölgan erkaklar va ayollarning qoçişiga yordam bergan erkaklar qatl qilinardi. Qölga tuşgan ayollar esa bolalari olib qolinib, özlari qamoqqa taşlanardi.
Internet faqat internet kafelarda bor edi. Erkaklar köçada telefonga qarab turgan bölsalar, ularning qölidan telefonlarini tortib olib tekşirişardi. Biz qoçiş haqida öylab yurgan vaqtimizda, Tabkuni ham öqqa tutişdi. Keyin Mayadinga qoçdik. U yerdan Homs yoki Halabga, Halabdan Idlibga, u yerdan esa Turkiyaga qoçişni rejalaştirgandik. U vaqt men homilador edim va tinmay duo qilardim. Bolalarimga ham duo qilişlarini aytardim.
Erimning alban dösti bor edi. Uning xotini kurd edi va öşa ayol biz Deyr-ez-zor şahriga yetib olişimizga yordam berdi. U yerga joylaşgaç, bir hafta kutdik. Bir haftadan keyin bitta mikravtobus kelib bizni olib ketdi. Har bir postda bizga «Xuş kelibsizlar» deb aytişar va postlarda sovuq suv berişardi. U yerda köp harbiylar yurişar, har xil qora maşinalar köp edi. Ular bizni tekşirişlarini, agar heç qanday janglarda qatnaşmagan bölsak, xohlagan yerimizga ketişimiz mumkinligini aytişardi. Lekin men ular bizga yordam berişiga işona olmasdim. Bu qora maşinalarni körib erimga «Bular bizni osonlikça qöyib yubormaydi», dedim. Xullas, bir kuni bizni qamoqxonaga taşlaşdi...
2-qism. Qaytiş
Iroq Kurdistoni. Zagidat kurdlar qölida
Qamoqxonada bizni tekşirişdi, söroq qilişdi. Erlarimiz haqida söraşdi. Agar erlarimiz jang qilgan bölişsa, qamoqxonadan çiqmasligimizni aytişdi. Viktoriya degan rus qiz haqida aytdim. U öqimişli qiz edi. Arabçani ham yaxşi bilardi. Öşa qiz eri uyda ötirişini aytganida, harbiylar uning ustidan kulişdi. Boşqa bir ayol esa Viktoriyaning eri jang qilganini va lavozimi ham bölganini aytdi. Şu sabab Viktoriyani döpposlaşdi. Şunday çiroyli qizni xörlaşdi. Biz kurdlarga Rossiyada biz haqimizda bilişlarini, FSBda ma'lumotlarimiz borligini aytardik. Lekin ular Rossiyani yomon körişardi. Biz hozir Suriyani, keyin Turkiyani bosib olamiz, deyişardi. Men esa qayerni olsang olaver, meni qöyib yuborsang böldi derdim. Keyin bilsak, Ziyat (senator, Rossiya prezidentining Çeçenistondagi işonçli vakili Ziyat Sabsabi) ular bilan boğlanib muzokara ötkazgan ekan.
Bir kuni barçamiz qörqadigan qamoqxona nazoratçisi oldimga kelib, meni körgani odam kelganini aytdi. Qarasam, kelgan odam rossiyalik diplomat. U «Zagidat, uyga ketişni xohlaysanmi?», deb söradi. Men bu ustimdan kulişlarning davomi bölsa kerak deb öyladim, lekin rusça söz meni özimga keltirdi. Xursandligimdan yiğlab yuboray dedim. Diplomat bolalarimni olib çiqişimni söradi. Bolamni kurdlar maşinaga ötqazişganida agar hozir yana közimizni boğlaşsa, hammasi tamom deb öyladim. Lekin bunday bölmadi va biz ozodlikka çiqqandik. Kök közli rus harbiylarini körib yiğlab yuboray dedim. Arablarning tili, palma va tund başaralar şunçalik jonimga tekkandiki, ularni körgani közim yöq edi.
Suriya. Lataqiya
Bizni bolalar bilan harbiy samolyotda Suriyaning Lataqiya degan şahriga olib kelişdi. U yerda bizni rossiyalik harbiylar kutib olişdi. Hammamizning kiyimlarimiz kir edi. Bizni mehmonxonaning ozoda nomerlariga joylaştirişdi. Töşaklardagi oppoq jildlar közimga şunday çiroyli körindiki. Derazadan odamlar sohilda aylanib yurgani körinardi. Bu oddiy narsalar közimga xuddi fantastikadek körinardi. Çunki biz uzoq vaqt faqat vahşiylikni, azobni körib yaşadik. Lataqiyadan Grozniygaça 4 soat uçdik. Aeroportda bizni FSB xodimlari söroq qilişdi. Lekin ular qöpollik qilişmasdi.
Sud 3,5 oy davom etdi. Bu vaqt davomida tergov izolyatorida yaşadik. Bolalar bilan menga bitta xona berişdi. Unda televizor ham bor edi. Sudda menga 8 yil berişdi. Tergovda meni qiynaşmadi, lekin ruhiy bosim qilişardi. Hammasini bir neça martalab qaytadan aytib berişga majbur böldim. Keyin menga ayblov sifatida terrorçining xotini bölganimni, unga yordam berganimni, boşqa terrorçilarga ham yordam berganimni yozişdi, lekin men Xudo haqqi qasam içaman biror terrorçiga yordam bermadim. Uyda erim, bolalarim uçun ovqat tayyorlaganimni, ularning kiyimlarini yuvganimni jinoyat deb hisoblaşdi.
Zalina Iroq Kurdistonida
Avgust oyi edi. Biz turgan kamerada nafas olib bölmasdi. Çivinlar tinçlik bermaydi. Mening esa oy kunim yaqin edi. Erim nazoratçilardan «meni taşqariga olib çiqiş»ni söradi. Keyin bizni boşqa kameraga ötkazişdi. U yerda konditsioner bor edi, xona ham çiroyli, mevalar qöyilgandi. Keyin bizni lagerga olib ketişdi. U yerga ketayotganda tillalarim va pullarimni olib qöyişdi. Bir kunimga yarar deb 6 ming dollar yiğib qöygandim. «Lagerda iroqliklar köp, pullaringni öğirlab ketişadi, pulingni keyin qaytib beramiz», deb menga 50 dollar qoldirişdi.
Lagerda 7 ming liraga telefon sotib oldim. Megafonning istalgan raqamini terib qönğiroq qila boşladim. Birinçi marta Rossiya şimolidagi qaysidir şaharga tuşdim. Qiz bola kötardi. Undan Doğistonning biror raqamini topib berişni iltimos qildim. U bitta raqam yubordi. Qönğiroq qilsam, bir yigit kötardi. Unga birdaniga: «Men Suriyadaman, yordam bering», deganimga şoşib qoldi. Keyin bildim u doğistonlik emaskan. Men esa undan Mahaçqal'a hukumat organlari bilan boğlab berişni sörab ötiribman. Keyin u qandaydir manikyurçi qizning raqamini berdi.
U qizga ham ahvolim oğirligini aytib yiğladim. Şahar administratsiyasiga borib, u yerda işlaydigan qaynonamni topişini sörab yalindim. U esa «imkoni yöqligi, işi köpligi»ni aytdi. Yarim soatdan söng yana könğiroq qildim, u yana bir mijozi kelganini aytib, men haqimda yonidagilarga gapirardi: «Kimdir Suriyadan qönğiroq qilyapti. Qaynonasini topib berarmişman». Keyin qizdan telefonni hamma eşitadigan rejimga qöyişini sörab ahvolimni tuşuntirdim. «Iltimos, menga qaynonamning raqamini topib beringlar, u şahar administratsiyasida farroş bölib işlaydi, ismi Luiza Bulayeva» dedim. Baraka topsin, köp ötmay menga qaynonamning raqamini yubordi. Uning raqamini tanidim va telefon qildim. Hammasini tuşuntirdim. Lekin ikki kun ötdi hamki, heç kim biz bilan boğlanmadi. Yonimdagi kurd qizning otasi general edi. U ham qönğiroq qildi, lekin heç qanday samara bölmadi.
Harbiylarga tuğişim kerakligini, bunday iflos yerlarda tuğib bölmasligini aytdim. Lekin ular kasalxonaga olib boriş haqida öylab ham körişmadi. Ikki oilaga bir hafta uçun ikki tonna suv berişardi. Biz har kuni çömilardik, bolalarni çömiltirardik va suv tez tugab qolardi. Suv sörasak, «iroqliklarga bu suv bir haftaga yetadi», deyişardi. Öşa yerda tuğişga majbur böldim. Qöpol bölsa ham aytaman, hamşiralar bolaning kindigini kesgan qayçilarida qon qotib qolgandi. Men bolamga gepatit yuqişidan juda qörqdim.
Foto: The Insider
Lagerlarda ham buxgalteriya bor edi. U yerga tez-tez borib turardim. «Amerika sizlardan foydalanyapti-ku?» desam, buni özlari ham bilişlarini aytişardi. Keyin bizni boşqa lagerga köçirişdi. U yerda Xudoga şukr yaxşiroq yaşadik. Suv ham çeklanmagandi. Ovqat berişardi, kiyim-keçaklar ham bor edi. U yerda tört bolam bilan 4 oy yaşadik. Bizdan taşqari IŞIDdan qoçgan tört oila ham bor edi. Qolganlar iroqlik qoçoqlar edi. Lagerning kattasi Aram degan odam edi. U odamlarga yaxşi muomalada bölardi. Öğil tuqqanimni eşitib, kasalxonaga olib bordi, xarajatlarni töladi. Bolamni sunnat qilişdi, unga yaxşi qaraşdi.
Bir kuni kelib meni suratga tuşirişni boşlaşdi. Nega bunday qilayotganlarini sörasam, «Rossiyaga ketasan» deb aytişdi. Ularga işonmadim. Keyin közimni boğlaşdi. Şunda yana azoblar boşlandi deb öyladim. Bizni uç qavatli çiroyli binoga olib borişdi. Bilsam bu qamoqxona ekan. 10 kundan keyin esa bizni avtobusda olib ketişdi. Orqamizdan boşqa yerlik qizlar yiğlab qolişdi. Bu beçoralar hamon öşa yerda bölişsa kerak...
Keyin bizni Lataqiyaga olib borişdi. U yerda çiroyli mehmonxonaga joylaşdik. Stollarga juda köp yeguliklar qöyişgandi. Bolalar xonada çiroq yonganini körib xursand bölişdi. Ular vannaga kirganida bir-biriga «Suvni yop, hozir tugab qoladi», deganini eşitib yiğlab yubordim. Axir bolalarim suv tugab qolişiga örganib qolişgandi-da...
Keyin bizni Çeçenistonga olib borişdi. Meni qamoqqa tiqmoqçi bölişdi. Lekin aybim yöqligini aytib töpolon qildim. Örganib çiqişdi va 9 oy uy qamoğiga hukm qilişdi. Bu muddat tugagaç, iş qidira boşladim. Lekin... Kim ham bizni işga olardi. Barça öşa jin urgur muhrni köradi-da, «Keçirasiz, bizda iş yöq», deb aytadi. Mayli, nima bölsa ham boşim omon qoldi...
«The Insider» bu ayollarning hikoyasini bunday adaşganlar köp ekani va hukumat ularni qaytariş haqida öylab körişi kerakligi haqidagi xitob bilan yakunlaydi:
«Rossiya u gazandalar qölidan yuzlab fuqarolarini olib çiqdi, lekin 2017 yilda bu iş nimagadir töxtab qoldi. Hududlar bunga tayyor emasligi, ularni qanday jazolaşni bilmasligi aytildi, lekin maxsus xizmatlar ularni ortga qaytariş haqida yana bir bor jiddiyroq öylab körişi kerak. Biz ularga yordam berib vatanlariga qaytarsak, bu insonlar özgarişlari mumkin, lekin ularning özlari Rossiyaga qaytib kelişsa, mana bu haqiqiy fojia böladi...».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi