AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga köra, 24–27 noyabr kunlari CENTCOM kuçlari va Suriya içki işlar vazirligi bölinmalari birgalikda Suriya janubida joylaşgan Rif-Damaşq viloyatidagi 15 ta manzilga havo va quruqlik zarbalarini amalga oşirdi. Bu yerlarda IŞID terrorçi taşkilotiga tegişli yaşirin omborlar joylaşgan edi.

Amerika harbiylarining qayd etişiça, operatsiya natijasida 130 dan ortiq minomyot va raketalar, şuningdek, bir neçta hujum qurollari, pulemyotlar, tankka qarşi minalar va qölbola bombalar tayyorlaş uçun möljallangan materiallar yöq qilindi. AQŞ va Suriya xavfsizlik kuçlari, şuningdek, bir neça partiya narkotik moddalarni ham aniqlab, yöq qilgan.

«Uşbu muvaffaqiyatli operatsiya IŞIDga qarşi kuraşda erişilgan yutuqlar uzoq muddatli bölişini, guruh yana terrorçilik hujumlarini qayta tiklay olmasligini yoki ularni AQŞ hududiga yoki butun dunyoga köçira olmasligini ta’minlaydi», — dedi CENTCOM qömondoni admiral Bred Kuper.

10 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtondagi öz qarorgohida Suriyaning vaqtinçalik prezidenti Ahmad aş-Şar’ani qabul qildi. Öşa kuni Suriya muvaqqat hukumati axborot vaziri Hamza Mustafa Damaşq AQŞ boşçiligidagi IŞIDga qarşi xalqaro koalitsiyaga qöşilganini ma’lum qildi.

Tramp uçraşuvdan söng aş-Şar’ani «juda kuçli lider» va «qat’iy yigit» deb atadi hamda ular yaxşi munosabat örnata olganini aytdi. «Biz qölimizdan kelgan barça işni qilamiz, Suriya muvaffaqiyatga erişsin, çunki u Yaqin Şarqning bir qismi», — deya qöşimça qildi Tramp.

Aş-Şar’a esa 10 noyabr kuni Fox News telekanali efirida özining "Al-Qoida" terrorçi taşkiloti bilan hamkorligi "ötmişdagi iş" ekanini, Donald Tramp bilan uçraşuvda bu mavzu muhokama qilinmaganini aytdi. Bir kun oldin AQŞ vaqtinçalik prezident aş-Şar’ani terrorçilar röyxatidan çiqargan edi.

2024 yil oxirida öşandagi Suriya prezidenti Başar Asadni ağdarib taşlagan Ahmad aş-Şar’a ilgariroq Abu Muxammad al-Jöloniy nomi bilan tanilgan. U 2003 yilda AQŞ boşçiligidagi xalqaro antiterror koalitsiyasiga qarşi kuraşiş maqsadida Iroqdagi «Al-Qoida» safiga qöşilgan. 2006 yilda amerikalik harbiylar tomonidan qölga olingan va Iroq qamoqxonalarida beş yil ötkazgan.

2011 yilda ozodlikka çiqqanidan söng aş-Şar’a Suriyada «Al-Qoida»ning mahalliy bölimi bölgan guruhni tuzdi va unga rahbarlik qildi. 2017 yilda u isloh qilinib, yangi nom bilan qayta tuzildi. Yangiça guruhning asosiy maqsadi Asad rejimiga barham beriş böldi.