Özbekiston fuqarolarining xorijdagi harbiy harakatlarda qatnaşişi yuzasidan 2022 yildan beri Özbekistonda 338 ta jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
DXXning “Uzoqdan izlangan baxt” nomli hujjatli filmida aytilişiça, Jinoyat kodeksining 154-moddasi (Yollaniş) bilan qözğatilgan jinoyat işlari soni:
- 2022 yilda 19 ta;
- 2023 yilda 68 ta;
- 2024 yilda 112 ta;
- 2025 yilda 139 tani taşkil etgan.
“Uşbu raqamlarning ösişda davom etayotgani bizdan yanada ogoh bölişni talab etadi. Fuqarolarimizdan turli kimsalar, guruhlar manfaatlari yölida dunyoning turli nuqtalarida sodir bölayotgan qurolli töqnaşuvlar iştirokçisiga aylanib qolmaslik uçun har xil aldovlar, tarğibot harakatlariga işonib qolmaslik va qonunçilik talablariga rioya qilişni sörab qolamiz”, – dedi DXX Tergov boşqarmasi tergovçisi Bekzod Qobulov.
Hujjatli filmda Rossiya–Ukraina uruşi va Suriyadagi harbiy harakatlarda qatnaşgan özbekistonliklarning hikoyalari keltirilgan.

“Ayrim şaxslar moddiy manfaatdorlik evaziga yurtimizdan taşqarida bölgan tanişlari va boşqa fuqarolarni aldov yöli bilan nizoli hududlarga jönatiş bilan şuğullanib kelgan. Öz yurtdoşlari qoni evaziga yaxşigina boylik töplaşga uringan nokaslar ham bor” , – deyiladi filmda.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 154-moddasiga asosan, Özbekiston fuqarosining özga davlat hududida qurolli töqnaşuvlarda qatnaşiş uçun yollanişi – 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi.
“Asirlar almaşinuviga rozi bölmadim” – Ukrainada asir tuşgan yigit Özbekiston sörovini kutmoqda
“Yaralanganda ham jangga kirişimiz buyurilgan” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi








