Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevropa davlatlarini IShIDga a'zo 800 dan ko‘p fuqarosini “qaytarib olishga” chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlarini, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyani IShIDga a'zo bo‘lgan 800 dan ko‘p jangarini “qaytarib olishga” va ularni sudga topshirishga chaqirdi.
“AQSh Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarini Suriyada qo‘lga tushgan 800 dan ko‘proq jangarini qaytarib olishga va ularni sudga topshirishga chaqiradi”, deb yozgan Tramp tvitterda.
“Halifalik mana-mana yakson bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh rahbari.
“AQSh IShID jangarilarining Yevropaga kirib borishini kuzatib turishni istamaydi. Biz ko‘p narsa va ko‘p sarf-xarajat qilmoqdamiz. Boshqalarning faollashishi va qo‘lidan keladigan ishni qilishi vaqti keldi”, deb yozgan Tramp.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026