NATOning ikki kunlik sammiti 7 iyul kuni keçqurun Turkiya poytaxti Anqarada tantanali qabul marosimi bilan start oldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan prezident saroyida NATOga a’zo 32 davlat rahbarlari va hukumat vakillari şarafiga rasmiy keçki ovqat uyuştirdi.

Tadbirga NATO davlatlari yetakçilari bilan bir qatorda Ukraina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqi vakillari ham taklif etilgan.

Sammitning asosiy yiğilişlari 8 iyul kuni bölib ötadi. Unda Ukrainaga Rossiyaga qarşi mudofaani kuçaytiriş uçun qöşimça yordam körsatiş, Yevropa davlatlarining mudofaa salohiyatini oşiriş hamda NATO doirasida mas’uliyatni yanada teng taqsimlaş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan.

Vaşington alyans içida xavfsizlik yukini qayta taqsimlaş zarurligini ta’kidlab kelmoqda. NATO boş kotibi Mark Ryuttening aytişiça, sönggi 18 oy içida Yevropa davlatlari va Kanada mudofaa hamda xavfsizlik xarajatlarini sezilarli darajada oşirgan. Hozirda ular bu maqsadlarga yalpi içki mahsulotining qariyb 4 foizini yönaltirmoqda.

Sammitning asosiy masalalaridan yana biri AQŞning NATOga bölgan sodiqligini saqlab qoliş hisoblanadi. AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq ayrim NATO davlatlarining Eronga qarşi AQŞ va Isroil olib borgan harbiy harakatlar böyiça tanqidlariga keskin munosabat bildirgan edi.

Anqaraga kelgaç ham Tramp Yevropa davlatlari, ayniqsa Germaniyani Vaşingtonni yetarliça qöllab-quvvatlamayotganlikda tanqid qildi. U öz çiqişida «NATOdan juda qattiq hafsalam pir bölganini» ta’kidladi.

Kuzatuvçilarning fikriça, sammit yakunlari NATOning kelgusi yillardagi mudofaa siyosati, Ukrainaga körsatiladigan yordam hajmi hamda AQŞ va Yevropa örtasidagi xavfsizlik hamkorligining kelajagiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin.