O‘zbekistonning uchta masjidida juma ma'ruzasi surdo tarjimoni orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonning uchta masjidida imkoniyati cheklangan fuqarolar, eshitish va nutq a'zolarida nuqsoni bor kishilar uchun juma ma'ruzasi surdo tarjimoni vositasida masjidda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, juma namoziga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘zlari uchun belgilangan joyda monitorlarda imom-xatibni va uning yonida esa surdo tarjimon harakatlarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Ushbu xayrli ishlarni yanada keng ko‘lamda olib borish maqsadida, fevral oyida ham bir qator masjidlarga surdo onlayn dasturi doirasida maxsus vositalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi IT.uz mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Surdo Online Uzbekistan loyihasining homiysi sifatida ish olib bormoqda. Ushbu loyihani ishga tushirishda ko‘mak ko‘rsatgani uchun Fond rahbari Iskandar Xalilovga tashakkurnoma hamda hamkorlik sertifikati taqdim etildi.
Mavzuga oid
19:10 / 01.06.2022
Fotoreportaj: «Vaqf» fondi 60 dan ortiq bolalarning xatna to‘yini o‘tkazib berdi
20:22 / 17.11.2021
Sardoba suv toshqinida vayron bo‘lgan masjid qayta qurildi
14:53 / 10.11.2021
«Vaqf» fondi 4 yilda masjidlar qurilishi, ta'minoti va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 75 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirdi
09:17 / 07.11.2021