Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Yaponiyaga tashrif buyurish rejalari oshkor bo‘ldi
Amerika prezidenti Donald Tramp joriy yilning may oyida Yaponiyaga tashrif buyurishi mumkin, deya yozadi Yaponiyaning Sankei Shimbun gazetasi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Yaponiya hukumati Trampning tashrifini ishlab chiqish bilan shug‘ullanyapti. Kutilishicha, u 25-28 may kunlari amalga oshiriladi.
Gazetaning yozishicha, Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, shuningdek, 1 may kuni taxtga chiqishi kerak bo‘lgan Yaponiyaning yangi imperatori Naruxito bilan uchrashadi. Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti yangi imperator qabuliga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy siyosatchi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Yaponiyadan Tramp nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surishni so‘ragani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026