Iqtisodiyot | 12:45 / 20.02.2019
5573
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi va Markaziy bank 60,9 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlarni joylashtirdi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 19 fevral kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valuta birjasida muomala davri 12 oy bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 60 mlrd. so‘mlik 60 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. 

Markaziy bank xabariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 8ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 123,3 mlrd. so‘m hajmidagi 122 039 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 60 000 dona qimmatli qog‘ozlar 60,9 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish kuni (2020 yil 19 fevral) auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 69 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 13,33 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlilik darajasi - 12,20 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 13,81 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid