Özbekistonda köplab yuridik şaxslar 1 iyulni quyidagi savol bilan qarşi oldi: tölovlar uçun hamma ilovalarga ötadigan yagona QR-kod işga tuşişi munosabati bilan endi amalda işlab turgan individual tölov servislarning QR-kodlarini kassadan olib taşlaş kerakmi?

Markaziy bankning Kun.uz söroviga javobi quyidagiça:

«Bu ma’lumot heç qanday tasdiqqa ega emas va haqiqatga töğri kelmaydi. Markaziy bank heç qaçon savdo nuqtalariga biror-bir QR-kodni olib taşlaş böyiça körsatma bermagan va bunday jarayonlarga aralaşmaydi. Şuningdek, Markaziy bank tölov taşkilotlarining tijorat şartlari va komissiyalariga ham aralaşmaydi.

UzQR – bu yagona QR-infratuzilma bölib, uning maqsadi foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş. Şu bilan birga, tölov usullarini tanlaş imkoniyati saqlanib qoladi: naqd pul, bank kartalari va boşqa amaldagi tölov usullari işlaşda davom etadi. Agar kimdir tadbirkorlarga QR-kodlarni majburiy tarzda olib taşlaşni talab qilib bosim ötkazayotgan bölsa, bu qonunga zid hisoblanadi. Bunday holatlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişni tavsiya etamiz».

Qonunga köra, savdo nuqtasida UzQR bölişi şart. Qolgan barça QR-kodlarni tadbirkorning özi qoldiradi yoki olib taşlaydi va ularni demontaj qilişga qaratilgan har qanday majburlaş holatni qayd etiş hamda şikoyat qiliş mumkin.

Qonun ikki xil talabni joriy etadi: biri yuridik şaxslar uçun, ikkinçisi yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun

Çalkaşlikning sababi şundaki, Özbekistonda bir vaqtning özida ikki xil QR-islohoti amalga oşirilmoqda va har biri alohida hujjat, muddat hamda manziliga ega.

Birinçisi yuridik şaxslarga tegişli. Prezidentning 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-sonli farmoniga muvofiq, banklar 2026 yil 1 yanvardan boşlab savdo va xizmat körsatiş sohasidagi kompaniyalar uçun yagona QR-kodni şakllantiradi, 1 iyuldan esa u orqali tölov qabul qiliş majburiy böladi. Yagona QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buziş deb baholanadi. Tizimning işlaş tartibi Markaziy bankning 2026 yil 15 aprelda Adliya vazirligida 3817-son bilan röyxatdan ötkazilgan qoidalarida belgilangan.

Ikkinçi islohot yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarga taalluqli. Prezidentning