Dunyoning eng innovatsion kompaniyalari reytingi e'lon qilindi. Apple yetakchilikni boy berdi
Fast Company nashri dunyoning eng innovatsion kompaniyalari elliktaligini e'lon qildi. Bir yil avval reyting yetakchisi bo‘lgan Apple kompaniyasi joriy reytingda 17-o‘ringa tushib ketdi.
1-o‘rinni Xitoyning Meituan Dianping servisi egallagan. Bu kompaniya yaqin oradagi do‘kon va restoranlarni topish, taom buyurtirish va mehmonxonalarni bronlash xizmatlarini ko‘rsatadi. 2018 yil 1-yarmida kompaniya xizmatlaridan 2,8 mingta shahardan 350 mlndan ko‘proq odam foydalangan.
Reytingning 2-o‘rnini Janubi-Sharqiy Osiyodagi taksi xizmati Grab,
3-o‘rnini turli texnologik yechimlarni faol tatbiq qilganlik uchun AQSh Milliy basketbol uyushmasi egalladi.
Eng innovatsion kompaniyalar yetakchi o‘ntaligiga, shuningdek, Walt Disney kinokompaniyasi, kiyim xarid qilish dasturi Stitch Fix, tez tamaddixonalar tarmog‘i Sweetgreen, meva va sabzavotlar barra bo‘lib qolishi uchun ular ustiga surtiluvchi tabiiy moddani ishlab chiqqan Apeel Sciences kompaniyasi, Square to‘lov xizmati, suli suti ishlab chiqaruvchi shved kompaniyasi Oatly va Twitch striming videoservisi kirgan.
Reytingni tuzuvchilar fikricha, Apple 2018 yilda haqiqatda hayratlantiruvchi gadjet va texnologiyalar ishlab chiqmagan va bu uning reytingdagi pozitsiyasini yo‘qotishga olib kelgan.
Apple 2018 yilda iPhone X smartfoni, Apple Watch Series 3 aqlli soatlari, to‘ldirilgan reallik texnologiyasi ARKit kabilarni ishlab chiqqani uchun 1-o‘ringa loyiq topilgandi.
Fast Company reytingni tuzishda 30 dan ko‘proq muharrir, muxbirlar va mualliflar, minglab kompaniyalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan.
Kompaniya asosiy reytingga qo‘shimcha holda tarmoqlar bo‘yicha eng innovatsion kompaniyalar ro‘yxatini tuzadi. Apple joriy yilda “Maishiy elektronika” yo‘nalishida yetakchi deb topilgan.
Mavzuga oid
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024