Jamiyat | 16:05 / 21.02.2019
8224
3 daqiqa o‘qiladi

​O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijoziga Malayziya, Tailand va Singapurga 10 kunlik sayohat uchun 2 kishilik yo‘llanma berdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Nihoyat, “Bepul sayohat qil!” aksiyasi g‘olibi uchun kutilgan onlar yetib keldi!

O‘zsanoatqurilishbankning poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek filialida aksiya g‘olibini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Bayram ruhida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ishtirok etib, g‘olib – O‘zsanoatqurilishbankning Buxoro mintaqaviy filiali mijozi Firdavs Xolnazarovga Osiyo davlatlari (Malayziya, Tailand va Singapur)ga 10 kun sayohat qilish imkonini beruvchi 2 kishilik bepul yo‘llanmani taqdim qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Visa International Kompaniyasi hamda tourist.uz  agentligi hamkorligida xalqaro va so‘mli Visa plastik kartalari egalari uchun aksiya e'lon qilingan edi.

Aksiya shartiga ko‘ra, Bankning Visa plastik kartalari foydalanuvchilari o‘z hisobidan kamida 3 marotaba 250 AQSh dollari miqdori (yoki ushbu summaning milliy valutadagi ekvivalenti)da xaridlarni amalga oshirishlari lozim edi.

2018 yil 1 dekabrdan 2019 yil 1 fevralga qadar davom etgan aksiyada O‘zsanoatqurilishbankning jami 1034 nafar mijozi qatnashdi.

Joriy yilning 16 fevral kuni aksiya g‘olibi random.org dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda aniqlandi.

– Sayr-u sayohat jon-u dilim, – deydi g‘olibimiz Firdavs Xolnazarov. – Aksiyada g‘olib bo‘lib, hech qachon qalbni orzu va umidlardan mahrum qilmaslik kerakligini hamda tasavvurlarimizning ro‘yo topishi faqatgina jismoniy va moddiy imkoniyatlarga borib taqalmasligini tushunib yetdim.

– Mazkur loyiha yuzasidan biz juda ko‘p banklarga taklif bildirgandik,– deydi tourist.uz kompaniyasi rahbari Iqboloy Mirzahmedova. –Ular orasida O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib tashabbus bilan chiqqan muassasadir. Buning uchun bank rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan holda hamkorliklikni yanada yangi bosqichda davom ettirishga umid bildirib qolamiz.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid