Jamiyat | 17:28 / 22.02.2019
10014
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda IIBB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto

Chilonzor tumani IIO FMB 8-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 20 fevral kuni Katta Xirmontepa mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning shikoyatlaridan xabar topib, ushbu mahallaga yetib borgan. 

Poytaxt IIBB xabarida aytilishicha, fuqarolar qo‘shnisining xonadonida olib borilayotgan ta'mirlash ishlaridan qolgan chiqindilar uy yonida to‘planayotganidan shikoyat qilishgan. 

Qayd etilishicha, ilgariroq profilaktika inspektori bir necha bor ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilarni atrof muhitni ifloslantirish O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasiga (Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish) asosan javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirgan. 

Ammo surxondaryolik 32 yoshli A.X. va 26 yoshli A.X. unga qarshilik ko‘rsatishgan (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish). Hozirgi vaqtda ular qo‘lga olinganlar, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, ushbu fakt asosida Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219 moddasi 1 qismi bo‘yicha (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid