Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini tuman gaz filiali xodimlari sifatida tanishtirgan shaxslar ayolga kuch ishlatib, pul talab qildi
2019 yil 22 fevral kuni 2 noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi M.X. (ayol)ning uyiga o‘zlarini tuman gaz filiali xodimlari deb tanishtirib kirib, kuch ishlatish orqali ayoldan pul talab qilgan va uyda pul yo‘qligini bilishgandan so‘ng, voqea joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod shahar Sirdaryo ko‘chasida yashovchi L.T. va Angren shahrida yashovchi Sh.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
14:10 / 24.02.2026