Toşkent viloyati Bekobod şahrida 11-sinf öquvçisining ölimida jami 5 nafar ösmir gumonlanib hibsga olindi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bergan ma’lumotlarga köra, bir neça voyaga yetmagan şaxs örtasida kelib çiqqan oğzaki janjal davomida ulardan biri oşxona piçoği bilan jabrlanuvçining öng va çap kökrak qismlariga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvçi tibbiyot muassasasiga olib borilgan bölsa-da, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan.
Boş prokuratura 11 mart kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgani va gumonlanayotgan voyaga yetmagan şaxs protsessual tartibda uşlanganini xabar qilgandi.
12 mart kuni berilgan qöşimça ma’lumotda keltirilişiça, iş doirasida jami 5 nafar gumonlanuvçi voyaga yetmagan şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Şu yilning 5 mart kuni Bekobod şahridagi 12-maktabda 11-sinf öquvçisi bir neça ösmirlar tomonidan kaltaklanib, piçoqlangan. Marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilişiça, öquvçilar örtasida nizo kelib çiqqanidan keyin boşqa maktab öquvçilari 5 kişi bölib kelgan. Ularning 3 nafari şahardagi 3-maktabning, 2 nafari esa texnikum öquvçilari bölgan. Ular jabrlanuvçiga köpçilik bölib hujum qilişgan va kökrak sohasiga piçoq bilan zarba berişgan.
Marhumning buvisi Gavhar Yöldoşeva aybdorlarning barçasiga çora körişni söramoqda, öz navbatida, uning xonadoniga kelib, hol söramagani uçun ösmir yigitlarning oilalaridan norozi.













